Kontent qismiga oʻtish

Ziyot Agayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ziyot Agayev
Tavalludi 1898-yil
Miyon, Eron
Vafoti 1938-yil 8-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi O‘rta Osiyo kommunistik universiteti
Faoliyat yillari 19111938

Ziyot Agayev — Yangi Buxoro shahar soveti raisi. Jalolquduq tuman partiya komiteti birinchi sekretari. Qatagʻon qurboni boʻlgan[1].

Ziyot Agayev 1898-yilda Eronning Miyon hududida dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi yoshligida vafot etgan, onasi uyma-uy yurib kir yuvuvchilik, tikuvchilik qilgan. Oilada onasidan tashqari ikki opasi ham bo‘lgan. Ammo ularning 1913-yildan keyingi taqdiri noma‘lum.

1911-yildan yollanib ishlay boshlaydi. 1913-yilda eronlik Sayfullo ismli shaxs uni 5 eroniy tumanga 4 yil muddatga yollanib ishlashga taklif qiladi. Agayev bu pullarni onasida qoldirib, pudratchi Sayfullo bilan birga Rossiyaga ketgan.

1911-yildan 1912-yilgacha Marv stansiyasida va Chorjo‘y temiryo‘l stansiyalarida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Ziyot Agayevni pudratchi Sayfullo 1912-yilda yangi Buxoroga olib kelib  paxta zavodiga ishga qo‘yadi. U Buxoroda 1914-yilgacha ishlaydi. 1914—1918-yillarga pudratchiga qaram bo‘lmasdan yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Agayev qishda paxta zavodida, yozda Buxoro tovar stansiyasida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. 1919-yilda Yangi Buxoro uyezd-shahar partiya komiteti Agayevni paxta zavodidan olib, uyezd-shahar partiya komitetiga ishga qo‘yadi. U yerda targʻibot va milliy tartibot bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 1921-yilgacha maxsus bo‘lim vakili bo‘lib ishlagan[2].

1923-yilda O‘rta Osiyo kommunistik universitetida o‘qiydi. 1923-yilda VKP (b) Markaziy Komiteti Turkiston byurosi Agayevni Buxoro milliy sovet respublikasi partiya tashkiloti Markaziy komiteti ixtiyoriga yuboradi. U yerda Agayev Yangi Buxoro shahar soveti raisi qilib tayinlanadi[3]. Bu lavozimda 1924-yilgacha faoliyat ko‘rsatadi.

1931—1933-yillarda Bauman tuman partiya komiteti mas’ul kotibi bo‘lgan.

1935-yilning boshlarida Jalolquduq tuman partiya komiteti birinchi sekretari etib tayinlanadi.

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 8-oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Agayev Ziyot oliy jazo-otishga hukm qilinadi. Sud hukmi o‘sha kuni ijro etilgan. Vafotidan keyin Ziyot Agayev oqlangan.

  1. Naim Karimov. 1937-1938-yillardagi „Katta qirg'in“ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 153-bet. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. O'zbekistonda sovetlarning qatag'on siyosati va uning oqibatlari (1-kitob) (o'zbekcha). Toshkent: Sharq nashriyoti 2012 — 78-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  3. „АГАЕВ Зияд (Зия)“. centrasia.org. Qaraldi: 20-iyul 2023-yil.