Kontent qismiga oʻtish

Ziyovuddin Akramov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyovuddin Muhiddinovich Akramov (1923, Toshkent) — iqtisodchi geograf. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), geografiya fanlari doktori (1962), Mirzo Ulugʻbek nomidagi Toshkent davlat universiteti kafedra mudiri (1970-84), professor (1966-98). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimi (hoz. Seysmologiya instituti tarkibida) tashkilotchilaridan biri va rahbari (1958-70). Ilmiy faoliyati, asosan, Oʻrta Osiyo iqtisodiy geogsining regional kompleks taraqqiyoti muammolarini, qishloq xoʻjaligi geografiyasi va shaharlarni tadqiq etishga bagʻishlangan. Akramov 1954-yildan Oʻzbekiston Geograflar jamiyati prezidenti oʻrinbosari, 1990-yildan prezidenti. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil