Kontent qismiga oʻtish

Zohid Haqnazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zohid Xaqnazarov
Zohid Vohidovich Xaqnazarov
Tavalludi 12-noyabr 1937
Vafoti 2019-yil 18-iyul (81 yosh)
Janrlar simfonik musiqa
Kasbi dirijyor, siyosatchi
Faoliyat yillari 1965—2019-yillar
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Mukofotlari

Zohid Vohidovich Xaqnazarov (oʻzbekcha: Zohid Haqnazarov; 1937-yil 12-noyabr, Toshkent — 2019-yil 18-iyul, Antaliya) — sovet va oʻzbek dirijyori, musiqa oʻqituvchisi, jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1978).

Moskva konservatoriyasini tugatgan (1963), Nikolay Anosov shogirdi. 1965-yildayoq Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi simfonik orkestriga rahbarlik qilgan va ushbu lavozimda 1979-yilgacha faoliyat yuritgan. 1981—1984-yillarda Toshkent konservatoriyasi rektori lavozimida ishlagan.

1988-yilda Oʻzbekiston muxolifatidagi „Birlik Harakati“ siyosiy partiyasining asoschilaridan biri va bir muddat uning raisi boʻlgan. Oʻzbekistondagi keskin siyosiy masalalar boʻyicha muntazam ravishda maqolalar, bayonotlar va ochiq xatlar berib borgan[1].

2019-yil 18-iyul Antaliyada (Turkiya) avtohalokatda vafot etgan — mototsikl haydovchisi urib ketgan[2].