Zohir Axmad
ZOHIR (Zoyir) Axmad (1947.6.4, Afgʻoniston, Lagʻmon viloyati — 1980.6.4, Kobul) — afgʻon xonandasi, bastakor va shoir, afgʻon musiqiy estradasi asoschilaridan. Ijodiy faoliyati aso-san Afgʻoniston davlat radiosi bilan bogʻliq boʻlgan (1961—80). Musiqa uslubida Sharq (ayniqsa, Hindiston) va Yevropa estrada musiqa yoʻnalishlari oʻziga xos tarzda uygʻunlashib ketgan. Shu jumladan, 3. oʻzining ansambli tarkibida hind anʼanaviy sozlaridan setor, tanpura, sarud, tabla, Yevropa sozlaridan truba, gitara va elektron klavishli cholgʻularni mohirona qoʻllagan. Bastakor sifatida 100 dan ortiq qoʻshiq yaratgan. Z.ning dilrabo asarlari oʻzbek sanʼatkorlari ijodiga ham katta taʼsir etgan. X. Lutfullayev, B. Hamdamov, Sh. Joʻrayev, N. Abdullayeva, H. Isroilova, S. Qoziyeva, M. Sattorova, U. Otajonov va b. 3. qoʻshiklari ("Layli, Layli, Laylijon", "Kaja-ke", "Boz omadi", "Mara, mara, may bideh", "Yorakiman", "Guli sangam" va b.)ni oʻziga xos uslubda ijro etganlar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |