Zokir Raximov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zokir Raximov
Tavalludi 1979-yil
Koson tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Zokir Toshtemirovich Raximov (1979-yil, Koson tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zokir Raximov 1979-yil Koson tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bakalavr, 2007-yilda Qarshi davlat universitetini magistraturasini tamomlagan. 2004—2020-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida kabinet mudiri, assistent, katta oʻqituvchi, „Kasb taʼlimi“ kafedrasi mudiri, 2020—2021-yillarda Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori lavozimida ishlagan[1]. 2022-yildan Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kasbiy pedagogika“, „Kasb taʼlimi metodikasi“, „Taʼlim texnologiyalari“, „Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi“ darsliklari, „Pedagogika“, „Pedagogik texnika“, „Pedagogik texnologiyalar“, „Kasbiy pedagogika“, „Tarbiyaviy ishlar metodikasi“, „Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari“, „Taʼlim texnologiyalari“ oʻquv qoʻllanmalari, „Umumiy pedagogika“, „Kasbiy pedagogika“, „Kasb taʼlimi metodikasi“, „Taʼlim texnologiyalari“, „Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi“, „Tarbiyaviy ishlar metodikasi“ elektron darslik mobil ilovalari, „Taʼlim texnologiyalari“ elektron oʻquv qoʻllanma va „Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi“ elektron oʻquv-uslubiy majmua dasturlari, 100 dan ziyod ilmiy maqolalar cmuallifi. 2018-yilda pedagog olim Muslimov Narzulla Alixanovich ilmiy rahbarligida „Taʼlimning mobillashuvi sharoitida talabalar oʻquv-bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish“ mavzusida kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha (PhD) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 2019-yilda dotsent ilmiy unvoni, 2021-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. 2022-yilda „Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak kasb taʼlimi oʻqituvchilarining oʻquv-bilish kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi“ mavzusida kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha (DSc) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori (Doctor of Sciense) ilmiy darajasiga ega boʻldi. 2022-yilning 27-martidan Turon Fanlar akademiyasi akademigi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE