Kontent qismiga oʻtish

Zollverein

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zollverein yoki Germaniya Bojxona ittifoqi mintaqadagi bojxona va iqtisodiy siyosatni boshqarish uchun Germaniya davlatlari oʻrtasidagi koalitsiyadir.

Ittifoqning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ittifoq 1818-yilda tashkil etilganda, u Prussiya va Germaniya davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamladi va 1820-1866-yillarda koʻpchilik nemis davlatlarini qamrab oldi. Avstriya bu ittifoqqa qoʻshilmadi, uning qoʻshilmasligi 1850 va 1860-yillarda Markaziy Yevropa hukmronligi uchun Avstriya-Prussiya raqobatini kuchaytirdi. 1866-yil Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi tashkil etilishi bilan Zollverein hududi taxminan 425.000 kvadrat kilometr maydonga yetdi va Shvetsiya va Lyuksemburg kabi nemis boʻlmagan mamlakatlar bilan ham iqtisodiy bitimlar tuzila boshlandi.

Tarixchilar aytishicha Prussiyaning bundan uchta asosiy maqsadni koʻzlagan:[1]

  • Avstriyaning Germaniyadagi taʼsirini bartaraf etish;
  • Mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilash;
  • Kichik davlatlarning iqtisodiy mustaqilligini kamaytirish bilan birga Germaniyani potensial fransuz hujumiga qarshi mustahkamlash.
    Germaniya Bojxona ittifoqi 1834-1919-yillarkoʻk = tashkil etilgan payt yashil = 1866-yilgacha sariq = 1866-yildan keyin qizil = Germaniya Konfederatsiyasi chegaralari pushti = 1834-yildan keyin oʻzgarishlar

Bojxona ittifoqi Germaniyada ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi va hunarmandchilik mahsulotlari uchun kengroq bozorni yaratdi va kasaba uyushmalariga birlashishga turtki boʻldi. Ittifoq tashqi tomondan himoyani saqlab qolgan holda, aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo toʻsiqlarini kamaytirishni maqsad qilgan.

  • 1815-yilda Germaniya Konfederatsiyasining tashkil etilishi iqtisodiyot va bojxona boshqaruvini muhokama qilish uchun yoʻl ochdi.
  • 1818-yil Prussiya oʻz ichida va Germaniyaning janubi-gʻarbiy qismidagi hududida bojxona ittifoqini tuzdi.
  • 1819-yil Baden Germaniya Konfederatsiyasida amal qiladigan bojxona ittifoqi taklifini taqdim etdi. Bu taklif Frankfurt dietasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
  • 1821-yil Anhalt Prussiya Bojxona ittifoqiga qoʻshildi.
  • 1826-yil Meklenburg-Shverin ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1828-yil Prussiya va Gessen Buyuk Gertsogligi (Gessen-Darmshtadt) oʻrtasida bojxona kelishuvi boʻlib oʻtdi.
  • 1831-yil Ittifoqqa Gessen (Gessen-Kassel) va Saksoniya knyazligi qoʻshildi.
  • 1833-yil Tyuringiya shtatlari va Bavariya Pfalz ittifoqiga qoʻshildi.
  • 1834-yil Bayyera, Vyurtemberg qirolliklari ittifoqqa qoʻshildi. Daromadni taqsimlash uchun aholini roʻyxatga olish oʻtkazildi.
  • 1835-yil Nassau, Baden ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1836-yil Frankfurt ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1840-1847-yillar Kartoshka kasalligi janubi-gʻarbiy viloyatlar, Saksoniya va Prussiyaning baʼzi qismlarida tarqaldi.
  • 1841-yil Braunshveyg ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1842-yil Lyuksemburg ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1848-1849-yillardagi inqiloblar; Frankfurtda siyosiy va iqtisodiy ittifoq tuzish taklifi ilgari surildi. Siyosiy birlashish uchun Kleindeutschland (Kichik Germaniya) yechimi taqdim etildi.
  • 1851-yil Gannover ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1852-yilgi London protokoli Shlezvig va Golshteyn gersogligining avtonomiyasini ratifikatsiya qildi. Oldenburg ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1864-yil Prussiya va Avstriya Golshteyn va Shlezveyg gersogligi avtonomiyasi uchun Daniya bilan urushga kirishdi. (Ikkinchi Shlezvig urushi).
  • 1865-yil Shvetsiya ittifoq bilan erkin savdo shartnomasini imzoladi va nemis aʼzolari uchun yirik Skandinaviya bozorini ochdi.
  • 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi boshlandi. Urush oxirida Avstriya Konfederatsiyada siyosiy va diplomatik taʼsirini yoʻqotdi.
  • 1867-yil Zollvereinning qayta tashkil etilishi.
  • 1868-yil Shlezvig-Golshteyn, Lauenburg, Meklenburg ittifoqqa qoʻshildi.
  • 1871-yil Elzas-Lotaringiya ittifoqqa qoʻshildi (Fransiya-Prussiya urushidan keyin Germaniya tomonidan bosib olinganidan keyin).
  • 1888-yil Siyosiy birlashgandan 17 yil oʻtgach, Gamburg va Bremen shahar-shtatlari ittifoqqa qoʻshildi.

Dastlabki bojxona ittifoqi 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushida tugatilmadi; 1867-yilda qayta tashkil etilgan. Yangi Zollverein kuchliroq edi va hech qanday hukumat tomonidan veto qoʻyilmagan.[2]

Zollverein temir yoʻl qurilishiga va shu tariqa Germaniyada sanoatlashtirishning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi (taxminan 1844-yilda Bonn-Kyoln temir yoʻlining rasmi).

Germaniyani qayta birlashtirishdagi roli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishga nazar tashlaydigan boʻlsak, Zollverein Prussiya qirollari turli nemis davlatlari oʻrtasida majburiy birlashma yaratishdan koʻproq muvaffaqiyatga erishdi. U Germaniyani Prussiya hukmronligi ostida birlashtirish uchun zarur infratuzilmani tayyorladi, bunga 50 yildan kamroq vaqt ketdi. Tarixchilarning fikricha, Prussiyaning iqtisodiy hukmronligi birlashishni muqarrar qilib qoʻyganligi va Prussiyaga harbiy ustunlikni taʼminlab, siyosiy yetakchilik rolini berganligi bilan taʼkidlanadi. Tarixchilarning ikkinchi argumenti shundan iboratki, Zollverein prussiyaliklar orasida avstriyaliklarga qarshi mafkurani tarqatgan. Shuning uchun, Zollverein Bismark davlat boshligʻi boʻlishidan oʻttiz yil oldin Prussiya siyosatida anti-Avstriya tendensiyasini shakllantira boshlagan.

  • W. O. Henderson. The Zollverein (1959)
  • David T. Murphy, „Prussian aims for the Zollverein, 1828-1833,“ Historian, Kış 1991, Vol. 53#2 pp 285-302
  • James J. Sheehan. German History, 1770-1866 (1993
  1. Devid T. Merfi, „Prussiyaning Zollverein maqsadlari, 1828-1833“, Tarixchi, 1991-yil qish, jild. 53#2 285-302-betlar
  2. Columbia 3 Şubat 2013 tarihinde Archive.is sitesinde arşivlendi.