Kontent qismiga oʻtish

Zomba

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zomba — Malavidagi shahar. Mamlakatning janubida, Zomba togʻining oʻrmonli yon bagʻrida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan birga 65,9 ming kishi (1998-yil). Zombaga 1886-yilda asos solingan. 1891-1964-yillarda Britaniyaning Nyasalend protektorata (1953-1963-yillarda Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi)ning maʼmuriy markazi. 1964-1974-yillarda mustaqil Malavi davlatining poytaxti. Un-t bor. Yozgi kurort. Shahar atrofida tamaki plantatsiyalari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil