Zombi 100: Oʻlim oldi ro'yxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zombi 100: Oʻlim oldi ro'yxati

Anime logotipi
Rejissyor(lar) Kazuki Kavagoe
Ssenariynavis(lar) Xirosi Seko
Bastakor(lar) Makoto Miyazki
Studiya(lar) Bug Films
Davomiyligi 24 daqiqadan
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha, ruscha

Zombi 100: Oʻlim oldi ro'yxati- Xaro Aso tomonidan yozilgan va Kotaro Takata tomonidan suratlari chizilgan, shu nomdagi mangaga asoslangan anime. Anime mangasi 2018-yil oktyabrdan 2023-yil iyulgacha o'n besh tankobonda Sunday GX deb nomlangan manga jurnalida nashr etiladi. 2023-yilda Bug Films studiyasi "Zombi 100: Oʻlim oldi ro'yxati" animesini ishlaydi. Anime komediya, sarguzasht va syo'nen janrlarida yaratiladi. Shu yilning avgust oyida Netflix anime litsenziyasini sotib oladi va o'zining ilovasida namoyish etib boradi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'qishni bitirgan 24 yoshli Akira Tendo vanihoyat o'ziga ish topadi. Lekin ish uning orzusidek bo'lib chiqmaydi. Doimiy charchoq, stress va boshligʻining kurakda turmaydigan haqoratlari uning joniga tegadi. Akira shu zaylda uch yil bitta ofisda mehnat qiladi. Bir kuni to'satdan va noma'lum yerdan zombi apokalips boshlanadi va odamlar zombiga aylanib boradi. Bu g'alati bo'lsada Akira bundan juda quvonadi, chunki o'sha joniga tekkan ishiga qaytishni endi keragi yo'q bo'ladi. To'zg'ib ketgan uyini tartibga keltirgan Akira hayolini bir joyga qo'yadi va zombiga aylanib o'lishidan oldin 100 ta bajarishi kerak bo'lgan ishlari va orzularining ro'yhatini tuzadi. Orzularini ro'yobga chiqarish yo'lida do'sti Kencho Rkuyuzaki hamroh bo'ladi va Shizuka Mikazuki ismli qiz bilan do'stlashadi. Shu tariqa orzumand Akira Tendoning sarguzashtlari boshlanadi. Animedagi yosh chegarasi 15+ yosh etib belgilangan boʻlib, unda qoʻrquvini va vahshiylikni kamaytirish uchun zombiga aylangan odamlar turli ranglar bilan chaplangan etib tasvirlanadi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]