Zomin tarixi va oʻlkashunoslik muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zomin tarixi va oʻlkashunoslik muzeyi
Asos solingan sana 1993 yil 12-noyabr
Joylashuvi Zomin tumani
Sayt http://jizmuseum.uz/jizmuzey3/7-3.html


Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey 1993-yil 12-noyabr sanasida Jizzax viloyati hokimligi qaroriga binoan, tuman tarixini oʻrganish uchun mahalliy faollar tomonidan tashkil etilgan[1]. Muzeyning ilk direktori va ochilishida faollik koʻrsatgan mahalliy tarixchi, faol Sattor Qoraboyev hisoblanadi.[2] tashkil etilgan 1994 yil 18 may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan muzey tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan.

Muzey binosi viloyat madaniy-meros ob’ektlarini muhofaza qilish inspeksiyasi homiyligida muzey binosi kapital taʼmirdan chiqarilib, ko‘rgazma zali zamon talabiga mos ravishda jihozlangan. Ilmiy xodimlar tomonidan Zomin tumanidagi qadimiy yodgorliklarda qazuv ishlarida qatnashib muzeyni yangi arxeologik topilmalar bilan boyitish ko‘zda tutilgan.

Eksponatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey fondidagi eksponatlarning qadimiyligi eramizdan avvalg 3-asrdan boshlab, oʻtgan asrning boshigacha boʻlgan davrga taqaladi va xususan Kushon podsholigi, Qoraxoniylar davlati, Arablarning O‘rta Osiyo istilosi kabi davrlarga oid eksponatlarni qamrab oladi. Topilmalar asosan Mozortepa, Kultepa, Jartepa va yana bir qancha yodgorliklar hududidan topilgan keramik buyumlar, suyaklar, qurollardan iborat. 18-19-asr Zomin tepaliklarida yashagan xalqalarning kiyimlari, urf odatlariga oid eksponatlar bor.[3]

Eksponatlar soni
Umumiy eksponatlar soni Asosiy fondda Yordamchi fondda Ko‘rgazmada
4564 2944 1620 568

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey binosi 1909-yilda avvaliga Rossiya imperiyasi qoʻshinlari garnizoni ofitserlar majlisi uchun, imperiyaning Turkiston chegarasidagi forposti sifatida qurilgan. Sovet ittifoqi davrida binodan turli yillarda harbiy gospital, doʻkon, ma'murlik binosi va tugʻruqxona sifatida foydalanilgan. Binoning yuz yillik ekspuatatsiyasidan soʻng bino ahvoli restavratsiya ishlari olib borilishi kerak boʻlgan ayanchli holga kelib qoladi. 2013-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan rekonstruktsiyadan chiqariladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

hozirgi kunda muzeyimizga yana e'tibor berilmoqda