Kontent qismiga oʻtish

Zardushtiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zoroastrizmdan yoʻnaltirildi)


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Zardushtiylik, majusizm – miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi[1]. Asoschisi – Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qadimiy paxlaviy tilida „Zardusht“ soʻzi „Magupta“ deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni „majus“ shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri „Zardusht“ „majus“, „zardushtiylik“ esa „majusiylik“ sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qarama-qarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari – 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar oʻrtasida Zardushtning tarixda boʻlgan yoki boʻlmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tugʻilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht Oʻrta Osiyodagi koʻpxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi oqimga asos soldi. Zardushtning tugʻilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi toʻgʻrisida ikki fikr mavjud: birinchisi „Gʻarb teoriyasi“ boʻlib, unga koʻra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili – birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalgani boʻlsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.

Yana bir boshqa fikr „Sharq teoriya“si boʻlib, bunga koʻra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va koʻpchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi boʻlib Zardushtiylik muqaddas olovi „Atar – xurra“ yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bogʻlangan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov „Atarxurra“ „Eran-vej“ (baʼzi manbalarda „Ayrian vedja“)da yoqildi" deyiladi.

„Eran-vej“ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga toʻgʻri keladi.

Avestoda, shuningdek, Zardusht tugʻilgan va oʻz faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, „Shunday mamlakatni koʻp sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland togʻlari bor, yaylov va suvlari bilan goʻzal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga moʻl koʻllari bor, keng qirgʻoqli va kema yurar daryolari oʻz toʻlqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sugʻd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor“.

Shubhasiz, „Keng qirgʻoqli, kema yurar daryolar“ bu Amu va Sirdaryo boʻlib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar Oʻrta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirgʻoqlarida joylashganlaridir.


Avestoning „yasht“ qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qoʻshni davlatga ketadi.

  1. Hamidjon Homidiy. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988; Avesto (Askar Mahkam tarjimasi). T., 2001; Avesto (Mirsodiq Ishoqov tarjimasi), T., 2001; Homidov H., Avesto fayzlari, T., 2001; Boboyev H., Hasanov S, Avesto – maʼnaviyatimiz sarchashmasi, T., 2001.