Kontent qismiga oʻtish

Zulayho Boyxonova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zulayho Boyxonova
Fayl:Zulayho Boyxonova.jpg
Tavalludi Boyxonova Zulayho Muhammadovna
28-aprel, 1964-yil.
Kasbi Xonanda
Fuqaroligi O‘zbekiston
Veb-sayt http://zulayho.uz

Zulayho Boyxonova (28-aprel, 1964-yil, Namangan viloyati, Uychi tumani) – aktrisa, xonanda (lirik soprano). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1996), Oʻzbekiston xalq artisti (2003).

Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan. 1980-yil maktabni tugatib, 1981-yil Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining musiqali drama fakultetiga oʻqishga kirdi. 1986-yil oliygohni bitirib, "Muqimiy" nomidagi oʻzbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatr sanʼatidagi xizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2003-yil esa Oʻzbekiston xalq artisti unvoniga ega boʻldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan „Sahnamiz farishtasi“ nomi bilan taqdirlandi.

Xonanda hozirgi kunda ustozi Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida „Ofarin“ ansamblining xonandasi boʻlib ishlaydi.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurxon (Komil Yashin, Toʻxtasin Jalilov, „Nurxon“) – uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Zulayho Boyxonova teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha spektakllarda bosh rollarni ijro etib tanildi:

  • Zulayho (Ramz Bobojon, F.Olimov, „Yusuf va Zulayho“);
  • Nodirabegim (T.Toʻla, F.Olimov, „Nodirabegim“);
  • Barchinoy (U.Azim, B.Lutfullayev, „Quduq tubidagi faryod“);
  • Oyjamol (R.Maʼdiyev, B.Lutfullayev, „Taqdir“);
  • Umida (R.Maʼdiyev, F.Olimov, „Devona“)
  • Shirin (Xurshid, Yunus Rajabiy, „Farhod va Shirin“) va boshqa boshqalar.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Shoir Bastarkor Izoh
Samarqand Ushshogʻi
Fargʻona tong otguncha
Gar sogʻinsam
Boylandilar
Oʻzga yor yoʻqdir
Kechalar
Unutma
Ovoramiz
Holat
Tushimda koʻrsam edi
Sogʻindim
Yo Rab
Ey doʻst
Salomatlik kerak
Ey koʻngil
Alla
Ehtiyoj
Shahloga tushdi
Bibixonim
Hanuz
Boʻlmasa-boʻlmas Gadoiy[1]


U shuningdek, telenovella („Izhor“da Zulayho), videofilm („Yusuf va Zulayho“da Zulayho, „Koʻngil koʻchalari“da Unsin, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Bonu va boshqalar)larda ham suratga tushgan.


  1. Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.