Zulfazl Hamza as-Sobotiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulfazl Hamza as-Sobotiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1045-yil (hijriy 437-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih, Roviy

Zulfazl Hamza as-Sobotiy (arabcha: ذو الفقل حمزة السوباتي — Zulfazl Hamza as-Sobotiy (XI asrda yashagan)) — faqih va roviy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulfazl Hamza as-Sobotiy „Sobot“ qishlog‘ida tavallud topgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy ilm-maʼrifat yo‘lida Samarqandga borib, u yerda muqim yashaydi va „Amir Nunad“ mahallasida mudarrislik qiladi. Zulfazl Hamza as-Sobotiy o‘z zamonasida ko‘zga ko‘ringan faqihlardan biri boʻlib, fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy Juzjoniya dahasida shayx Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligi manbalarda taʼkidlangan. Shuningdek, Zulfazl Hamza as-Sobotiy hadislarni Muso ibn Horis ibn Ujayf Xuqaniydan ham rivoyat qilgan. Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Agarda Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligidan xulosa qilsak, uning vafoti sanasini 437/1045-yildan keyin deb belgilasak bo‘ladi.[1] [2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 606.
  2. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 80 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.