Kontent qismiga oʻtish

Zulfiya Chinshanlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulfiya Chinshanlo

Zulfiya 2009-yilgi jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Tavallud paytidagi ismi 赵常玲 (Zhao Changling)
Tavallud sanasi 25-iyul 1993-yil (1993-07-25) (31 yosh)
Olmaota, Qozogʻiston
Boʻyi 1.55 m (5 ft 1 in)
Vazni 53 kg (117 lb)
Sport
Qaysi sport (Og'ir atletika)
Murabbiy(lar)i Viktor Ni

Zulfiya Salakharqyzy Chinshanlo (qozoqcha: Зүлфия Салахарқызы Чиншанло; ruscha: Зульфия Салахаровна Чиншанло; xitoycha: 赵常玲 1993-yil 25-iyulda tug'ilgan)—qozog'istonlik og'ir atletikachi[1]. 2012-yil 29-iyul kuni London Olimpiadasida u siltab ko‘tarishda 131 kg ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatgan[2][3].

Biroq, uning rekordi va unvonining haqiqiyligi taqiqlangan steroidlar Oksandrolon va Stanozolol uchun ijobiy qon testi natijasi bilan shubha ostiga olingan va Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi tomonidan "vaqtinchalik to'xtatilgan"[4]. Chinshanlo 2014-yilgi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan. Bu Qozog‘istonning musobaqada birinchi shohsupaga chiqishi bo‘lgan[5].

2016-yil 27-oktyabr kuni XOQ uning doping qabul qilganligi sababli oltin medali hamda Jahon va Olimpiya o‘yinlari rekordlaridan mahrum qilingan[6].

2021-yil iyul oyida 2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Qozogʻiston sharafini himoya qilgan. Va ayollar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida qozoq sportchilari orasida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritgan[7][8].

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 8-noyabr kuni Qozog‘iston London Olimpiadasi chempioni Zulfiya Chinshanlo Ilya Ilyin va Olga Rypakova bilan birga Osiyoning eng yaxshi sportchisi sifatida Osiyo Olimpiya Kengashi mukofotiga sazovor bo‘lgan[9].

Rasmiy manbalarga ko'ra, Zulfiya etnik Dungan bo'lib, o'zining birinchi tili sifatida xitoy tilida (dungan tili) so'zlashadi.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Zulfiya Xitoyning Xunan provinsiyasida tug‘ilib o‘sgan, shuning uchun u xitoycha ismga ega va xitoy tilida rus tiliga qaraganda ancha erkin so‘zlasha oladi. 2008-yilda Maiya Maneza bilan birga Hunan sport rasmiylari[10] roziligi bilan Qozog‘istonga besh yillik ijara shartnomasi asosida sport faoliyatini davom ettirgan. 2012-yildagi natijalari ortidan Xitoyga qaytib kelgan[1][11].

Xitoy matbuoti og‘ir atletikachi 22 oktyabr kuni Changsha shahri jamoat xavfsizligi boshqarmasida xitoylik guvohnomasini olgani va Xitoy terma jamoasiga o‘tmoqchi bo‘lganini, chunki uning Qozog‘iston bilan 5 yillik shartnomasi muddati tugagani haqida ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan.

Ammo Qozog'iston sport rahbarlari Zulfiya Chinshanlo Qozog'iston fuqarosi ekanini ta'kidlashgan:

“Zulfiya Chinshanlo bizning sportchimiz hisoblanadi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari nega uning fuqaroligini o‘zgartirishni muhokama qilayotganinidan hayratdamiz. U Qozog'iston fuqarosi. U 14-yoshidan beri Qozog‘istonda yashab, mashg‘ulot o‘tkazgan. Agentligimiz yoki Og‘ir atletika federatsiyasiga hech qanday rasmiy da’volar kiritilmagan. Zulfiya ta’tilda edi va Xitoydagi qarindoshlarinikiga borishga qaror qilgan. Tanaffusdan so‘ng u Qozog‘iston terma jamoasi safida jahon chempionatlari va keyingi Olimpiada o‘yinlariga ishtirokini davom ettirish uchun mashg‘ulotlarga qaytadi”, — dedi Sport va jismoniy tarbiya agentligi rahbari Talgat Yermegiyayev[12][13].

2012-yil 27-oktyabrda Chinshanlo Xitoydan qaytib kelgan va quyidagicha muroojaat bilan ommaga chiqish qilgan:

“Aytishim kerakki, Xitoyda men haqimda yozilganlarning hammasi haqiqat emasdir. Buni Qozog‘istonga qaytib kelib, hozir bu yerda ekanligim bilan isbotladim. Hozir meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Yana bir bor aytamanki, bu mish-mishlarning barchasi yolg'on va men bu masalani muhokama qilishga yana qaytishni aslo xohlamayman"[14].

Ammo, rasmiy qozoq maʼlumotlariga koʻra, Zulfiya 1993-yil 25-iyulda Qozogʻistonning Olmaota shahrida tugʻilgan. Uning otasi Salaxar Chinshanlo rus va Dungan tillarini yaxshi biladigan tadbirkon ekanligi haqida ma'umotlar keltirilgan.

Chinshanlo Qozog‘istonning 2013 yilgi markasida
Daraja Sportchi Guruh Tana vazni Yurish (kg) Ko'tarishlar (kg) Jami
1 2 3 Natija 1 2 3 Natija
DSQ1st  Zulfiya Chinshanlo (KAZ) A 52,70 92 92 95 95 125 131 135 131 226
2nd  Hsu Shu-ching (TPE) A 52.41 91 94 96 96 120 123 123 123 219
DSQ3rd  Cristina Iovu (MDA) A 52.79 95 99 99 99 115 120 125 120 219

Asosiy natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mamlakatlar Tana vazni Yurish (kg) Dast & siltab ko'tarish (kg) Jami Daraja
1 2 3 Daraja 1 2 3 Daraja
Olimpiada o'yinlari
2012 Birlashgan Qirollik London, Buyuk Britaniya 53 kg 92 92 95 3 125 131 135 1 -- DQ
2021 Tokyo, Yaponiya 55 kg 90 93 93 5 123 123 125 3 213 3rd
Jahon chempiontlari
2009 Janubiy Koreya Goyang, Janubiy Koreya 53 kg 87 87 90 5 120 125 129 1st 219 1st
2011 Fransiya Parisj, Fransiya 53 kg 93 97 100 1st 120 126 130 1st 227 1st
2014 Qozogʻiston Olmaota, Kozog'iston 53 kg 95 98 98 2nd 127 133 134 1st 232 1st
Osiyo o'yinlari
2010 Xitoy Guangzhou, Xitoy 53 kg 90 95 97 2 122 130 130 3 219 2nd
2014 Janubiy Koreya Incheon, Janubiy Koreya 53 kg 93 96 96 3 125 132 137 1 228 2nd
Yoshlar olimpiya o'yinlari
2010 Singapur Singapur, Singapur 58 kg 90 95 97 2 120 125 130 2 225 2nd
Yoshlar jahon chempionati o'yinlari
2009 Tailand Chiang Mai, Thailand 58 kg 85 89 92 3rd 115 123 123 3rd 207 3rd

2016-yil iyun oyida IWF 2012-yilgi Olimpiadadan olingan namunalarning takroriy sinovlari Zulfiya Chinshanloda taqiqlangan moddalar, xususan, Oksandrolon va Stanazolol uchun ijobiy natija berganini maʼlum qilgan edi. Yana uch nafar qozog‘istonlik doping-testdan o‘ta olmagan: Ilya Ilyin, Maya Maneza va Svetlana Podobedovalar[15]. Ular diskvalifikatsiya qilingan va 2016-yil 27-oktyabr kuni Olimpiada medallari qaytarib olingan.

  1. 1,0 1,1 Zulfiya Returns Home to Represent China (Wayback Machine saytida 2012-11-03 sanasida arxivlangan). cri.cn. 24 October 2012
  2. „Zulfiya Chinshanlo“. www.london2012.com. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyul.
  3. „Chinshanlo wins Olympic gold, breaks clean and jerk record“. Eurosport.Yahoo.com. Qaraldi: 2012-yil 30-iyul.
  4. „PUBLIC DISCLOSURES | International Weightlifting Federation“ (2016-yil 15-iyun). Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  5. Lee, Chin-wei; Wu, Lilian. „Taiwanese weightlifter takes gold, two silvers at worlds“. Central News Agency (2014-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
  6. „IOC sanctions eight athletes for failing anti-doping test at London 2012“ (2021-yil 28-aprel).
  7. Oliver, Brian. „Weightlifter Hidilyn Diaz wins first-ever Olympic gold for Philippines“. InsideTheGames.biz (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  8. „Women's 55 kg Results“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  9. „Chinshanlo and Ilyin named best athletes of Asia“. Tengrinews.kz English. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.
  10. „马内扎被曝辽宁出生 湖南官员称其出走经总局同意“. sina.com.cn. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
  11. Weijue, Yan (30 July 2012) Skeleton in the closet of China's weightlifting hierarchy. China Daily.
  12. „Chinshanlo is a citizen of Kazakhstan: Talgat Yermegiyayev“. Tengrinews.kz English. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
  13. „China has not officialy [sic] requested Kazakhstan to return Chinshanlo“. Tengrinews.kz English. Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  14. „Nothing China writes about me is true: Zulfiya Chinshanlo“. Tengrinews.kz English. Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  15. IWF public disclosures