Kontent qismiga oʻtish

Zumrat Gaibnazarova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zumrat Gaibnazarova
Tavalludi 1981-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat texnika universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Zumrat Talatovna Gaibnazarova (1981-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Zumrat Gaibnazarova 1981-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Menejment yoʻnalishini (bakalavr) tugatgan[1]. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Innovatsion menejment yoʻnalishini (magistr) tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 2012-yilda Toshkent moliya institutida „Innovatsion investitsiyalashtirish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari“ mavzusida „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2015-yilda Muhandislik taʼlimi dasturining sifati va akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro ekspert etib tayinlangan. 2017—2021-yillarda MANEB Xalqaro akademiyasining muxbir aʼzosi. 2017-yilda „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2021-yildan MANEB Xalqaro akademiyasining akademigi. Doktorlik dissertatsiyasini 2021-yilda Toshkent davlat texnika universitetida „Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga taʼsiri“ mavzusida „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2022-yilda „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi[1]. 2021-yildan hozirga kungacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.