Kontent qismiga oʻtish

Zur-Rumma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zur-Rumma'(vafoti 735 yil) — arab istilolari va islom dinining tarqalishi davriga soʻnggi badaviy shoirlardan biri, islomgacha boʻlgan sheriyatning mumtoz anʼanalari asosida yozilgan koʻplab madhiya va hajviyalar mu’allifi.[1]

Zur-Rumma Umaviylar hukmronlik qilgan davrdagi barcha taniqli shoirlar kabi, sheʼriy bahsga urgʻu bergan, unda, albatta, al-Farazdaq tarafini olgan.Islomgacha boʻlgan sheriyat qonunlariga rioya etgan shoir qasidaning asosiy mavzusidan avval madhiya yoki hajviya shaklidagi batafsil lirik muqaddima keltirgan.[1]

Asarlarining syujeti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zur-Rumma, islomgacha bolgan qadimgi shoirlar kabi, asosiy mavzuga hech qanday uslubiy boglovchisiz oʻtadi. Zur-Rummada johiliyat davridagi syujetlardan farqli syujetlar deyarli uchramaydi, ammo qasidalarining obrazlarida, tabiiyki, yangi, islomiy unsur va motivlar paydo bolgan (shoir qonoq izlari oʻrniga musulmon masjidlarining vayronalari borasida kuyunadi, islom atamalarini kiritadi, paygʻambar va uning safdoshlarini eslab oʻtadi va hokazo).[1]

Sheriyatining janri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zur-Rumma devonining badiiy jihatdan eng yorqin sahifalari sifatida sahro tabiati va choʻpon hayotini tariflagan satrlarni keltirish mumkin. Ularda Zur-Rumma hatto islomgacha bolgan badaviy shoirlardan ham oʻtib ketdi. Bu esa arab tanqidchilari uni raaviyat  „choʻponlik“ sheriyati janrining eng mashhur vakiliga kiritish imkonini bergan. Zur-Rumma zamondoshlari boʻlgan ota-oʻgʻil  al-Ajjaj va Ruba nomlari bilan bogliq boʻlganidek, Zur-Rummaning nomi bilan ham arab adabiyoti tarixchilari arab sheriyatidagi eng qadimgi shakllardan biri deb hisoblaydigan urjuza sheriy shaklining tiklanishi bogʻliqdir. Urjuza  rajaz oʻlchamida yozilgan sheʼr. Zur-Rumma urjuzalarining xususiyatini ichki qofiyadoshlik tashkil qiladi (yaʼni yagona qofiya nafaqat ikkinchi satrlar oxirida, balki birinchi satrlar oxirida ham oʻtadi).Islomgacha bolgan urjuzalar odatda badaviylar turmushini tavsiflashga bagʻishlangan va bir qancha baytlardan ortiq boʻlmagan. Faqat al-Ajjajgina urjuza shaklidan barcha anʼanaviy janrlarda katta qasidalar yozish uchun foydalangan. Katta urjuzalar yaratishda yuzaga keladigan texnik qiyinchiliklar kopincha shoirni sozlardan odatdagidan boshqa maʼnoda foydalanishga, ichki qofiyaga rioya etish uchun grammatik shakllarni buzishga majbur qilgan. Zur-Rumma shoirlik faoliyatining dastlabki bosqichlarida urjuza yaratish bilan ayniqsa koʻp qiziqqan.[1]

[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ziyavuddinova, Muxlisa. Umaviy saroy shoirlari, 2011 — 64-66-bet.