Kontent qismiga oʻtish

Zveginsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

V. M. Zveginsev 1957 yilda chop etilgan „Arab tilshunosligi tarixi“ kitobida yuqoridagi fikrlar haqida shunday deydi: „Arab grammatikasi tizimiga tashqaridan bo‘lgan taʼsirni shu paytgacha qilib kelingan tor doiradagi tilshunoslik taʼsiri sifatida emas, balki keng qamrovli qadimgi va o‘rta asrlar madaniyatining o‘zaro aloqasi va qadimda yashagan xalqlar turli doiralarining taʼsiri sifatida qarash kerak. Arab xalifaligi fanlarining rivojlanishida qadimgi yunon va qadimgi hind fanlari muhim rol o‘ynagan. Bular haqidagi maʼlumotlar ilm ahliga o‘rta asr arab ilmlarining tarjima qilinishi natijasida maʼlum bo‘lgan.

Bunday tarixiy dalillar o‘rganilar ekan, arab grammatikasi ilmiga tashqi davlatlar tillari taʼsirini inkor qilish qiyin. Ikkinchi tomondan esa, nemis sharqshunosi K. Brokkelman taʼkidlaganidek, arab grammatikasi boshqa tillar grammatikasidan keskin farq qiladi. Bu esa tashqi taʼsir faqatgina arablarga va ular grammatikasi vakillarining tilshunoslik haqidagi fikrlari rivojlanishiga majbur qiladi.

Lekin arab grammatikasi tashqi tilshunoslik taʼsiri boshlanishidan oldin ham maʼlum yo‘lni bosib o‘tgan edi. Demak, arab grammatikasiga koYsatilgan taʼsir arab grammatik nazariyasi shakllangandan ancha vaqt keyin bo‘lgan“.

Arab grammatikasining shakllanishi asosan VII asrga to‘g‘ri keladi. Bunda ham tashqi Tilshunoslik taʼsiri ko‘rinmas edi.

O‘rta asrdagi arab grammatikasining shakllanishi X asrga to‘g‘ri keladi. Arab grammatikasining shakllanishi uchun ketgan bunday katta vaqt biror til nazariyasining taʼsir ko‘rsatganligini inkor qiladi. Tarixiy hujjatlar guvohligicha, ko‘plab tillar grammatikasi yunon grammatikasi ilmlari asosida yuzaga kelgan, ammo ularning shakllanishi uchun bu qadar uzoq muddat talab qilinmagan.

Keyinchalik arablar tili va dini Arab xalifaligida hamda uning jamoatchilik hayotida muhim o‘rin tutgan holda keng ko‘lamda tarqala boshladi. Arab tili xalifalikda va uning ko‘plab sohalarida muhim oʻrin tutgan. U savdo-sotiq, madaniyat va davlatni boshqarishda asosiy aloqa vositasi bo‘lgan, natijada bunday holat arab klassik tili hamda meʼyorlarini puxta o‘rganish va uning oldiga yangi muammolar qo‘yishni taqozo qilgan. Bu esa Qurʼon tili sofligini saqlash va uni puxta o‘rganish imkonini bergan. Bu izlanishlar, o‘z navbatida, XX asrga kelib arab grammatikasi shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. Binobarin, arab grammatika nazariyasiga tashqi tilshunoslikning taʼsiri ancha vaqt o‘tgandan soʻng namoyon bo‘la boshladi. Shunday bo‘lsa-da, arab grammatikasi o‘zining asosiy xarakterini saqlab qoldi. Uning baʼzi Terminlari yoki ikkinchi darajali hisoblangan baʼzi holatlarigina o‘zgardi. Tilshunoslik rivoji tarixini o‘rganish ham arab tilshunosligini toʻla qamrab olmagan. Biroq bu o‘rganishIar oʻrta asrlardan hozirgi kungacha boʻlgan tilshunoslik tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan asarlarda ham toʻla ochib berilmagan; uning sababi esa arab tili nazariyasi boshqa tilshunoslik nazariyalariga qaraganda mukammal o‘rganilmaganligidadir. Shuning uchun arab grammatika ilmining asosiy holati nazariyasini oʻrganib chiqish va uning metodologik tamoyillarini aniqlash zarur. Ilmiy adabiyotlarda ko‘pincha arab tilshunosligi yutuqlariga eʼtibor beriladi. Bunday yutuqlarga hind, Yevropa tilshunosligi rivojiga taʼsir ko‘rsatgan o‘zak va turlanishlar haqidagi tushuncha kiradi. Shuningdek, tadqiqotchilar diqqatini Arabiston yarim oroli tilshunoslarining Fonetika sohasidagi izlanishlari, xususan, tovushlarning yasalish o‘rni va usuli tasnifi, so‘zlashda nutq organlarining holati (artikulyatsiya) va ayniqsa fonetik holatlarni tushuntirish va assimilyatsiya hodisasi singarilar ham tortadi. Albatta, ular shakllangan tarixiy davr hisobga olinsa, bunday holatlarning ahamiyati juda katta. Biroq ilmiy adabiyotlarda faqat mana shunday hodisalarnigina qayd etish arab grammatik nazariyasining katta ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillarini bir chekkada qoldiradi va grammatika nazariyasi haqida aniq tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Holbuki, arab grammatikasini o‘rganish o‘zining maxsus yoʻllari bilan ajralib turadi. Bu yo‘llar arab klassik tilidagi o‘zgarishlarni tajribalarga asoslanib kuzatish natijasida kelib chiqadi. Bu usulning asosiy belgisi sifatida tildagi o‘zgarishlar va ularning til tizimidagi o‘zaro aloqasi tushunilgan. Bunday baholash asosida grammatik kategoriyalar tuzilgan. Arab klassik tilidagi turli holatlar tasnifi qilingan. Namuna sifatida Gap boʻlaklari Kategoriyasi soʻzlarning Ism, Feʼl va Harflarga ajratilishini taqozo qilgan. Agar bu Terminlar Aristotelning mantiq ilmi bilan hamkorlik qila olish deb hisoblansa, shuni qayd etish joizki, arab tilidagi gap bo‘laklari Aristotel kitobidagi gap boʻlaklaridan tubdan farq qiladi.

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDShI kichik bosmaxonasi, 2010 — 93-94-bet. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.