$456,000 Squid Game in Real Life!
$456,000 Squid Game in Real Life! | |
---|---|
YouTubedagi $456,000 „Squid Game“' in Real Life! videosiga ishlangan poster. | |
Prodyuser(lar) | Jimmy Donaldson |
Qaysi asarga asoslangan |
Squid Game |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 25 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | Ingliz tili |
Byudjeti | $3.5 million |
$456,000 Squid Game in Real Life! – YouTubeda MrBeast nomi bilan tanilgan amerikalik blogger Jimmy Donaldson tomonidan ishlangan video. 2021-yil 24-noyabrda YouTube platformasiga joylangan ushbu video 2021-yilda Netflix tomonidan premyera qilingan Squid Game filmidan ilhomlangan.
Donaldson video ustida ishlashni 2021-yil oktyabr oyida boshlagan. Brawl Stars mobil oʻyinini reklama qilish evaziga Finlandiya video oʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Supercell tomonidan moliyalashtirilgan videoni suratga olishga 3.5 million dollar mablagʻ sarflangan. Shundan 2 million dollar videoni suratga olish xarajatlariga, 1,5 million dollari esa video qatnashchilariga mukofot puli sifatida berilgan. Filmdagi kabi, 456 nafar ishtirokchi faqat bitta ishtirokchi qolmaguniga qadar bir qator oʻyinlarda oʻzaro raqobatlashishgan.
Video 2021-yil 24-noyabrda YouTubega yuklangandan soʻng, oz muddat ichida 100 milliondan ortiq marotaba koʻrildi va MrBeastning, qisqa videolarini hisobga olmaganda, eng koʻp koʻrilgan videosiga aylandi. 2024-yil iyun holatiga koʻra, u 615 milliondan ortiq koʻrishlar soniga ega boʻlgan. Baʼzi nashrlar Donaldsonni filmni ajoyib tarzda qayta ishlagani uchun maqtashgan boʻlsa, baʼzi tanqidchilar filmdagi antikapitalistik mavzularini notoʻgʻri tatbiq etganlikda ayblashdi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Squid Game – Janubiy Koreya teleseriali boʻlib, Xwang Dong-hyuk rejissyorligi ostida 2021-yil Netflixda premyera qilingan. Film xayoliy oʻyin shousi haqida boʻlib, unda 456 nafar ishtirokchi anʼanaviy bolalar oʻyinlarida ishtirok etish orqali, katta pul mukofotini yutib olishga harakat qilishadi[1]. Film tanqidchilarning olqishlariga sazovor boʻlgan va premyeraning birinchi oyidayoq Netflixning eng koʻp koʻrilgan filmiga aylangan[1]. 2021-yil noyabr oyida TheGamer nashri tahrirchisi Josh Coulson Squid Gameni „worldwide phenomenon“ oʻzbekcha: „dunyo ahamiyatidagi hodisa“ deb taʼriflagan edi[2].
Jimmy Donaldson MrBeast nomi ostidagi YouTube kanalini 2012-yilda roʻyxatdan oʻtkazgan[3]. Kanal Donaldsonning 2017-yilgi tryuklar va chellenjlardan iborat videolari sababli mashhurlikka erishgan[3][4]. „Real Life in Squid Game!“ videosi yuklangan davrda, kanal 76 million obunachi bilan platformadagi eng koʻp aʼzoga ega kanallardan biri edi[5].
Suratga olish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 11-oktyabrda Donaldson TikTokka joylagan bir videosida, agar ushbu video 10 million layk yigʻsa, Squid Game filmini qayta suratga olishini aytgan[1]. Video aytilgan natijaga erishgach, film videosi ustidagi ishlar oʻsha yilning oktyabr oyi oʻrtalarida boshlangan[6]. Donaldson YouTuber William Osmanni suratga olishda soxta qon bilan ishlashga masʼul boʻlgan muhandislik guruhiga rahbar sifatida yollagan va Osmanga suratga olish maydonlarida foydalaniladigan besh yuzta qurilmani uch hafta ichida topishini aytgan[7].
„$456,000 Squid Game in Real Life!“ videosini suratga olish 3.5 million dollarga tushgan[8][9]. Video Brawl Stars mobil oʻyinini reklama qilish evaziga Supercell tomonidan qisman moliyalashtirilgan[8][9]. Byudjetning 2 million dollari videoni suratga olish xarajatlariga, qolgan 1,5 million dollari esa ishtirokchilarga berilgan pul mukofotlariga sarflangan[5]. Los Angeles Times gazetasi muxbiri Matt Pearce videoning har bir daqiqasi uchun 134 600 dollar sarflangan boʻlsa, Squid Game filmining har bir daqiqasi uchun undan kamroq, taxminan, 43 500 dollar sarflanganini aytib ularni oʻzaro solishtirgan[10]. Donaldson videodagi bir qancha maydonlarni, jumladan, ishtirokchilarning ikki qavatli xonasi, arqon tortish maydoni va yopiq oʻyin maydonchasidagi dekoratsiyalarni ham noldan yaratgan[11][12]. Videodagi post-productionning bir qismi vizual effektlar kompaniyasi SoKrispyMedia tomonidan tayyorlangan[10].
Video
[tahrir | manbasini tahrirlash]PC Gamer jurnaliga koʻra, „$456,000 Squid Game in Real Life!“ bu Squid Game filmining hech qanday parodiyasi emas balki qayta ishlangan versiyasidir[9]. Videoda Donaldson 456 ishtirokchi orasidan gʻolib boʻlgan bir ishtirokchiga 456 000 dollar mukofot berishini eʼlon qilgan[13][9]. Filmdagi holatdan farqli oʻlaroq, videoda yutqazgan ishtirokchilar oʻlim oʻrniga musobaqadan chetlashtiriladi va ularga tasalli berish maqsadida ishtiroklari uchun kamida 2000 dollardan pul mablagʻi berilgan[9][13][14]. Ishtirokchilar bir qator oʻyinlarda oʻzaro raqobatlashadilar, oʻyinlarning har birida oʻyinchilar sonini kamib boradi. Oʻyinlar quyidagilardan iborat edi: Qizil chiroq, yashil chiroq; Dalgona oʻyini (dalgona konfeti ishtirokidagi oʻyin); marmar oʻyini; arqon tortish oʻyini; tkakji; shisha koʻprikdan oʻtish; va musiqali stullar oʻyini[13][9][5]. Videoda baʼzi oʻzgarishlar kiritilgan, masalan tkakji videoda alohida raund sifatida kiritilgan, filmda esa bu oʻyin roundning bir qismi edi xolos[11]. Bundan tashqari, soʻnggi tur filmdagi kalmar oʻyini oʻrniga musiqiy stullar boʻldi[8][15]. Videoda 079-raqamdagi oʻyinchi gʻolib boʻlgan va bosh sovrinni yutib olgan[16].
Videoning platformaga yuklanishi va qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Video 2021-yil 24-noyabrda MrBeast YouTube kanaliga yuklanadi. Yuklanganidan uch kun oʻtgach 100 million koʻrishlar soniga erishib[15], Donaldsonning eng koʻp koʻrilgan videolaridan biriga aylanadi[17]. Brawl Stars oʻyining video chiqqanidan keyingi olti kun ichida yuklab olishlar soni 41 foizga, daromadi esa 54 foizga oshadi[18]. 2021-yilgi Gotham mukofotlari marosimida intervyu bergan Squid Game filmi rejissyori Xvang Dong Xyuk videoga:
Bu video menga juda yoqdi va filmni yanada ommalashishiga hissa qoʻshdi, shuning uchun men bu videoni koʻproq odamlar koʻrishini xohlayman[10]
— deya reaksiya bildirgan.
CNET veb-sayti muxbiri Jennifer Bisset videoga „qoʻrqinchli darajadagi real koʻrinish“ deya tarif bergan boʻlsa[19], Polygon va Vice News jurnalistlari esa uni „mukammal“ ekanligini taʼkidlashgan[20][21]. Reality TV muharriri Ketrin Griffin videoning uslubi va uzunligini Reality televideniyesiga qiyosladi, biroq video tarkibida video yaralishida ishtirok etgan jamoa aʼzolari roʻyxati yoʻqligi uchun tanqid qiladi[10]. Screen Rant muharriri Charles Cameron filmning qayta ishlangan video versiyasini yuqori baholagan, biroq videodagi reklamani kuchli darajada tanqid qilgan[22].
„$456,000 Squid Game in Real Life!“ videosining koʻrishlar soni Netflixdagi Squid Game filmining oʻzidan ham oshib ketganidan soʻng, YouTubening ijodkorlik mahsuloti marketingi boʻyicha sobiq rahbari Jon Youshaei videoni Squid Game filmiga qaraganda koʻproq koʻrilganligi, suratga olish vaqti qisqaroq, video suratga olish rahbarlari kam boʻlgan va ushbu video influenserlikka yaqqol misol boʻlishini taʼkidlab[21][23] twitterda post qoldiradi[21][23]. Nashrlar va internet foydalanuvchilari tomonidan teleserial ishlab chiqarish va YouTube videosi oʻrtasidagi farqlarga eʼtibor bermaslikda ayblangandan soʻng[21][23], Youshaei twitini oʻchirib tashlaydi[21][23]. TechCrunch xodimi Amanda Silberling Youshaeiga javoban, MrBeastning iqtisodiy konsepsiyasini tanqid qilar ekan, yuqori byudjetli video yaratuvchi ijodkorlar oʻz tomoshabinlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan video-kontentlarining sifati va yangiligiga nisbatan „eʼtiborni yoʻqotmasliklari“ uchun doimiy ravishda oʻz byudjetlarini oshirishga majbur boʻlishlarini taʼkidlagan[24]. Donaldson oʻz videolarida sarflaganiga qaraganda juda kam foyda koʻrayotganini taʼkidlab, Silberling xarajatlarning bu oʻsishi barqaror emasligini va videoning muvaffaqiyati nafaqat blogger uchun, balki YouTube yoki hatto Netflix uchun yaxshi foyda keltirishini ham maʼlum qilgan[24].
Donaldson baʼzi jurnalistlar va jamoatchilik tomonidan filmning antikapitalistik mavzularini notoʻgʻri tushunganligi uchun ham tanqidlarga uchragan[14][15][20]. Jackson bu videoni „yovuz odamning oʻyin-kulgi maqsadida pul uchun kurashayotganlarni koʻrishga boʻlgan xohishi“ deb ataydi[20]. Silberlingning soʻzlariga koʻra, yutqazgan ishtirokchilar uchun hech qanday jazo yoʻqligi video yetarlicha hissiyotlarga boy boʻlmaganiga sabab boʻlgan[24]. PC Gamer muharriri Tyler Wilde videoning katta byudjetini tanqid qilib, „YouTube videosi va pul mukofotlari uchun sarflangan 3,5 million dollarni yomon sarmoya, Netflixning filmga sarflagan 21,4 million dollarni esa yaxshi sarmoya“, deb atab, „videodagi bunday natijaga hech kimni otmay ham erishsa boʻlar edi“ deya fikr bildirgan[9].
Los Angeles Times gazetasi muharriri Matt Pearce film va video oʻrtasidagi stilistik farqlarni tasvirlab, Squid Gamedagi „yuqori intellektli ijtimoiy sharh“ni „MrBeastning havaskor xayriya ishi“ bilan solishtiradi[10]. Pearce, shuningdek, Amerika realiti-televizion uslubida tez kadr almashinuvi, musiqani oʻzgartirish, ovoz effektlari va grafikalardan keng foydalanishning video taʼsirchanligiga qoʻshgan hissasiga ham alohida toʻxtalib oʻtgan[10]. TechCrunch gazetasi muharriri Amanda Silberling esa Donaldsonning bu videosida ham boshqa videolari singari klikbeyt marketingi va videoni tomoshabinlar tomonidan koʻrilish vaqtini oshirish uchun „oʻta bemaʼni“ uslubdan haddan ziyod koʻp foydalanganligini aytib tanqid qilgan[24].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Squid Game – 2021-yilda Netflix tomonidan taqdim etilgan film
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Lopez, Jalen „MrBeast is recreating the popular show Squid Game“ (en-US). Dot Esports (2021-yil 14-oktyabr). 2023-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ Coulson, Josh „MrBeast Is Building Squid Game Set Replicas And Plans To Use Them“ (en). TheGamer (2021-yil 9-noyabr). 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ 3,0 3,1 Gale, Ashley „Internet Wants MrBeast to Be a Part of Netflix's 'Squid Game' Challenge“ (en). Newsweek (2022-yil 15-iyun). 2023-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ Alexander, Julia „MrBeast changed YouTube and launched an entire genre of expensive stunt content“ (en-US). The Verge (2019-yil 25-oktyabr). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Hirwani, Peony „YouTube star creates real-life Squid Game with 456 players and £342,000 cash prize“ (en). The Independent (2021-yil 25-noyabr). 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ Haysom, Sam „IRL 'Squid Game' gets 100 million YouTube views in 4 days“ (en). Mashable (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ Adam, Fabio „Engineering On A Deadline For Squid Game“ (en-US). Hackaday (2022-yil 14-aprel). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Adekaiyero, Ayomikun „YouTube star MrBeast created a real-life 'Squid Game' set and had people compete for $456,000“ (en-US). Insider (2021-yil 25-noyabr). 2023-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 Wilde, Tyler. „$3.5M Squid Game recreation is about as accurate as you can get without actually shooting anyone“ (en). PC Gamer (2021-yil 25-noyabr). 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Pearce, Matt „How much did MrBeast's 'Squid Game' remake on YouTube cost? We did the math“ (en-US). Los Angeles Times (2021-yil 9-dekabr). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
- ↑ 11,0 11,1 Yeo, Gladys „YouTuber stages real-life 'Squid Game' with $456,000 cash prize“ (en-GB). NME (2021-yil 25-noyabr). 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ Ashcraft, Brian „Real-Life Squid Game Without The Bleak Violence Is A Big Hit On YouTube“ (en). Kotaku (2021-yil 29-noyabr). 2023-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Khanna, Monit „YouTuber Recreates Real-Life Squid Games In Viral Video With $456,000 Top Prize“ (en-IN). IndiaTimes (2021-yil 25-noyabr). 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ 14,0 14,1 Golby, Joel „The Guide #11: the YouTuber going viral for his Netflix knockoff“ (en-UK). The Guardian (2021-yil 3-dekabr). 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Singh, Ishan „Inside YouTuber MrBeast's real-life Squid Game – that cost US$3.5 million“ (en). South China Morning Post (2021-yil 30-noyabr). 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Singh, Ishan „Inside YouTuber MrBeast's real-life Squid Game – that cost US$3.5 million“ (en). South China Morning Post (2021-yil 30-noyabr). 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Press-Reynolds, Kieran „MrBeast's 'Squid Game' is already one of his most popular YouTube videos of all time after just 4 days“ (en-US). Insider (2021-yil 29-noyabr). 2023-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
- ↑ Ahmed, Wasif „Brawl Stars sees sharp increase in downloads after MrBeast's Squid Game video“ (en-US). Dot Esports (2021-yil 2-dekabr). 2023-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Bisset, Jennifer „Real-life Squid Game re-creates Netflix show with $456,000 prize“ (en). CNET (2021-yil 24-noyabr). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Jackson, Gita „Mr. Beast's Squid Game Ripoff Is Exactly the Kind of Video YouTube Rewards“ (en). Vice News (2021-yil 29-noyabr). 2023-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 Kesvani, Hussein „The success of MrBeast's Squid Game is its own dystopia“ (en-US). Polygon (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ Cameron, Charles „Mr Beast's Squid Game Compared To The Show: What Went Right, Wrong & Better“ (en). Screen Rant (2021-yil 28-noyabr). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 23,3 Deangelo, Daniel „Viral Mr Beast Squid Game Tweet Draws Controversy Over Creator Economy“ (en). Game Rant (2021-yil 30-noyabr). 2023-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 24,3 Silberling, Amanda „MrBeast's 'Real Life Squid Game' and the price of viral stunts“ (en-US). TechCrunch (2021-yil 3-dekabr). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.