Kontent qismiga oʻtish

Éva Tófalvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Éva Tófalvi
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Tavallud sanasi 4-dekabr 1978-yil (1978-12-04) (46 yosh)
Miercurea Ciuc, Ruminiya
Boʻyi 1.72 m
Sport
Qaysi sport Biatlon
Klubi A.S.A. Miercurea Ciuc

Éva Tófalvi (1978-yil 4-dekabr; Miercurea Ciuc, Rominiya) — kelib-chiqishi vengriyalik boʻlgan ruminiyalik biatlonchi[1][2]. 6 ta qishki olimpiya oʻyinlarining (1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018) biatlon boʻyicha musobaqalarida qatnashgan yagona ayol sportchi. Koʻp karra Ruminiya chempioni. IBU kubogining bir nechta bosqichlarida sovrindorlar qatoriga kirishga muvaffaq boʻlgan. 2005-yilgi harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori.

2017—2018-yilgi mavsumda 39 yoshida faoliyatini yakunlagan[2].

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Éva Tófalvining jiyani Orshoya ham professional biatlonchi.

2002-yilgi, 2010-yilgi va 2014-yilgi olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimlarida Éva mamlakat bayroqdori boʻlgan.

Uzoq vaqt davomida xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yaxshi ishtirok etgan yoshi katta biatlonchilardan biri boʻlgan.

Éva Tófalvi uzoq yillar davomida biatlon boʻyicha Ruminiya ayollar terma jamoasi tarkibida eng kuchli sportchi boʻlgan. Oltita olimpiada ishtirokchisi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida yaxshi natijalar koʻrsatgan. 2008-yilgacha erishgan yutuqlari unchalik koʻzga koʻrinarli darajada boʻlmagan.

1997-yil 9-yanvarda jahon kubogida debyut qilgan. Germaniyaning Ruhpolding shahridagi yakkalik bahslarida 75-oʻrinni (mazkur musobaqada qatnashgan ruminiyalik sportchilari orasida 2-oʻrinni) egallagan. 1997-yil 11-dekabrda Shvetsiyaning Östersund shahrida boʻlib oʻtgan 1997—1998-yilgi jahon kubogining 2-bosqichida (individual poygada) 29-oʻrinni egallagan holda kuchli oʻttizlikka kirgan. 1998-yilda faoliyatidagi dastlabki olimpiya oʻyinlarida individual poygada 11-oʻrinni egallagan. Bir yil oʻtgach, debyut jahon chempionatida xuddi shu yoʻnalishda 12-oʻrinni egallagan.

Individual yoʻnalishdagi dastlabki yutigʻini 2008-yil 18-dekabrda qoʻlga kiritgan. Avstriyaning Hochfilzen shahrida boʻlib oʻtgan 2008—2009-yilgi jahon kubogining 3-bosqichida 2-oʻrinni egallagan[3]. Musobaqada goʻlib boʻlgan Albina Axatovaning doping uchun topshirgan testi natijasi ijobiy chiqqanidan soʻng, Albina medaldan mahrum etilgan[4]. Natijada Tófalvi musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Bu gʻalaba Ruminiy biatloni tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi. Shu mavsum Tófalvi faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻldi. Har bir musobaqada qatnashib, jahon kubogi uchun kerakli ochkolarni jamgʻarib borgan va yakuniy jadvalda 11-oʻrinni egallagan. Shaxsiy poygalarda Kichik kristall globusni qoʻlga kiritishga yaqin kelgan. Ammo yakunda kichik kristall globus Magdalena Neunerga nasib etgan. Bundan tashqari, aprel oyida Kamchatkadagi Vitaliy Fatyanov xotirasiga bagʻishlangan musobaqada qatnashgan. Musobaqada gʻalaba qozonib, bosh sovrin — Lexus avtomobilini qoʻlga kiritgan. Ruminiyalik sportchi asosan oʻq otish mashgʻulotlariga katta eʼtibor qaratishini aytib oʻtgan.

  1. „Titkos küldetés“ (Hungarian). Transindex.ro (2010-yil 9-fevral). 2018-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Palmer, Dan „Winter Olympian Tófalvi announces biathlon retirement“ (en) (2017-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  3. „Fischer-Ski News - Racing: Albina Akhatova (RUS) and Eva Tofalvi (ROU) claim Fischer double victory“. 2011-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.
  4. „Albina Akhatova Disqualified“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-mart.