Kontent qismiga oʻtish

Łukasz Fabiański

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Łukasz Fabiański
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Łukasz Marek Fabiański[1]
Tavallud sanasi 18-aprel 1985-yil (1985-04-18) (39 yosh)[2]
Tavallud joyi Kostrzyn nad Odrą, Polsha
Boʻyi 1.90 m[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Ham United
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2000 Polonia Słubice
2000–2001 MSP Szamotuły
2001–2002 Lubuszanin Drezdenko
2002–2003 Sparta Brodnica
2003–2004 Mieszko Gniezno
2004–2005 Lech Poznań
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2005 Lech Poznań 0 (0)
2005–2007 Legia Warsaw 53 (0)
2007–2014 Arsenal 32 (0)
2014–2018 Swansea City 149 (0)
2018– West Ham United 182 (0)
Milliy terma jamoa
2002 Polsha U17 3 (0)
2004 Polsha U19 3 (0)
2005 Polsha U20 6 (0)
2006 Polsha U21 1 (0)
2006–2021 Polsha 57 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 31-avgust uchun)

Łukasz Marek Fabiański (1985-yil 18-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi, Angliya Premer-ligasining West Ham United klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. U 2006-yildan 2021-yilga qadar Polsha milliy terma jamoasida ham oʻynagan.

Fabiański oʻz faoliyatini Legia Warsaw klubida boshlagan va 2007-yilda 2,1 million funt sterling evaziga Arsenal klubiga oʻtgan. U yerda asosan zaxira darvozaboni sifatida oʻynagan. Klub bilan 2014-yilgi Angliya kubogi finalida gʻalaba qozongan. 2014-yilda shartnomasi tugagach u Swansea City jamoasi safiga borib qoʻshilgan va toʻrt yil davomida jami 150 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik, 7 million funt evaziga West Ham United jamoasiga oʻtgan.

Polsha terma jamoasida to‘liq qatnashgan va o‘z mamlakati sharafini 57 o'yinda himoya qilgan. U 2006-yilgi FIFA Jahon Chempionati, UEFA Yevro-2008, UEFA Yevro-2016, 2018-yilgi Jahon Chempionati va UEFA Yevro-2020 turnirlarida terma jamoa safida qatnashgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fabiański Polshaning Lubusz voevodaligida, Kostrzyn nad Odrąda tug‘ilgan[4]. U oʻz faoliyatini Polonia Słubice futbol klubida boshlagan, 14 yoshida MSP Szamotuly mustaqil futbol akademiyasiga qo‘shilgan va u yerda futbol mahoratini rivojlantirgan[5]. 2004-2005-yilgi mavsumda Lech Poznań klubi bilan shartnoma imzolagan.

2005-yil qishida Fabiański Legia Warsaw futbol klubiga qo‘shilgan va Artur Boruc bilan asosiy darvozabonlik uchun raqobat qilgan. Boruc Celticga sotilgandan so‘ng, Fabiański 2005-yil 24-iyulda Arka Gdyniaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. O'sha o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan. Keyingi mavsumda u Legiaga 2005-2006-yilgi Ekstraklasada gʻolib chiqishga yordam bergan.[6]. U mavsum davomida 30 ta o‘yinning barchasida ishtirok etib, bor-yo'g'i 17 ta gol o‘tkazib yuborgan[7].

2005-2006 va 2006-2007-yilgi mavsumlarda u Ekstraklasada mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan[5].

2007-yil 8-mayda Fabiański Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va Arsenal klubi Legia Warsaw bilan taxminan 2,1 million funt sterling qiymatidagi transfer shartnomasini imzolashgan[8]. 2007-yil 11-mayda Arsenal bosh murabbiyi Arsène Wenger transferni tasdiqlagan[9] . Fabiański 2007-yil 26-may kuni Arsenal bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan[10]. U klubdagi debyutini 2007-yil 25-sentabrda Angliya liga kubogi doirasida Newcastle United klubiga qarshi o‘yinda oʻtkazgan[11][12]. Uning ligadagi debyuti esa keyinroq, mavsum oxirida Derby Countyga qarshi o'yinda bo‘lib o‘tgan[13].

Fabiańskining Arsenaldagi dastlabki faoliyatida eng esda qolarli o‘yinlari 2007-2008-yilgi Liga Kubogi yarim finalida Tottenham Hotspurga qarshi 5:1 hisobida mag‘lubiyatli o'yin va 2009-2010-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finalining birinchi o‘yinida Portoga qarshi o‘tkazgan o‘yinlari edi. Porto bilan oʻyinda u oʻz darvozasiga avtogol urgan. Sol Kempbellning uzatmasidan soʻng toʻpni ushlab olishga uringani uchun tanqid qilingan[14][15]. 2010-yil yanvar oyida Arsène Wenger Fabiański Premer-ligadagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylanishi mumkinligini aytgan[16].

2010-2011-yilgi mavsumda Fabiański Arsenalning zaxira darvozaboni sifatida o‘ynashni boshlagan, biroq keyinchalik Manuel Almunia jarohat olganidan so‘ng asosiy tarkibga kiritilgan va bir qancha ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib jamoaning birinchi darvozaboni bo‘lishi mumkinligini isbotlagan. Afsuski, 2011-yilning yanvar oyida u yelkasidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismida o‘ynay olmagan[17].

2011-2012-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fabiański 2012-yil 21-aprel kungi Chelseaga qarshi o'yin boshlanishidan oldin

Fabiański 2011-2012-yilgi mavsumda Wojciech Szczęsnydan so'ng zaxirasi darvozaboni sifatida hisoblangan. U UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Olympiacosga qarshi oʻyinda jarohat olgan va 25 daqiqadan o'ynaganidan so‘ng almashtirilgan[18].

2012–2013-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarohatlar sababli Fabiański 2012–2013 mavsumda kamdan-kam maydonga tushgan. U faqatgina 4 ta Premer-liga o‘yinida zaxira darvozaboni sifatida qatnashgan. 2013-yil mart oyida Szczęsny asosiy tarkibdan chetlatilgach, Fabiański Bavariyaga qarshi UEFA Chempionlar ligasi o‘yinining ikkinchi uchrashuvida darvozani qo‘riqlagan. U darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va natijada Arsenal 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u 2013-yil 16-mart kuni Swansea Cityga qarshi o‘yinda Premer-liga doirasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ushbu o'yinda ham jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Fabiański keyingi uchta o‘yinda Reading, West Bromwich Albion va Norwich Cityga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan. Biroq, Norwichga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli Szczęsny yana asosiy tarkibga qaytgan.

2013–2014-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013–2014-yilgi mavsumda Fabiański Arsenalning Angliya Kubogi va Liga Kubogi o‘yinlarida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan. Premer-liga va UEFA Chempionlar ligasida esa Szczęsny asosiy darvozabon sifatida o'ynagan.

2014-yil 19-fevralda Fabiański Chempionlar ligasi doirasida Bavariyaga qarshi o‘yinda Szczęsny qizil kartochka olgach, 37-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Szczęsny diskvalifikatsiya qilinganidan so‘ng, Fabiański ikkinchi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan va Bavariya futbolchisi Tomas Myuller tepgan penaltini qaytargan[19].

2014-yil 12-aprelda Fabiański Angliya Kubogi yarim finalida Wigan Athleticga qarshi penaltilar seriyasida Gary Caldwell va Jack Collisonning zarbalarini qaytargan va jamoasini finalga olib chiqgan[20]. 11-may kuni mavsumdagi yagona Premer-liga o‘yinida Norwich Cityga qarshi o'yinda maydonga tushgan. O‘yin 2:0 hisobida yakunlangan va Norwich quyi ligaga tushib ketgan[21]. Oltin kun o‘tgach, Fabiański Arsenalning 2014-yilgi Angliya Kubogi finalida Hall City ustidan 3:2 hisobida qoʻshimcha vaqtda gʻalaba qozonishida muhim rol o'ynagan[22].

"Swansea City"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 29-may kuni Fabiańskining Arsenal bilan shartnomasi tugagandan so‘ng, u 1-iyul kuni boshqa Premer-liga jamoasi Swansea Cityga erkin agent sifatida qo‘shilishi e’lon qilingan. Fabiański transferi haqida shunday degan: Swanseaga kelishimning asosiy sababi – asosiy darvozabon bo‘lishni istashimdir"[23]. U klubdagi rasmiy debyutini 2014-yilning 16-avgust kuni Premer-liganing birinchi turida Manchester Unitedga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. O‘yin esa 2:1 hisobida Swansea foydasiga yakunlangan[24]. 2014-yil 7-dekabrda Fabiański West Ham Unitedga qarshi o‘yinda Diafra Sakho ustidan qoidani buzgani uchun maydondan chetlatilgan, o‘yin esa Swanseaning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan[25].

2015-yil 11-mayda Fabiański Arsenalga qarshi o‘yinda o‘z darvozasini dahlsiz saqlab qolgan va o‘yin 1:0 hisobida yakunlangan[26]. 6-iyul kuni Fabiański Swansea bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolagan[27][28][29].

West Ham United

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 20-iyun kuni West Ham Fabiańskini 7 million funt evaziga sotib olganini e'lon qilgan[30]. U klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Fabiański West Ham safida o‘ynagan birinchi polyak futbolchisi bo‘lgan va 2018–2019-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan[7][31]. 2018-yilning 4-dekabr kuni Fabiański Cardiff Cityga qarshi o‘yinda Jo Rallsning penaltisini qaytargan va o‘yin 3:1 hisobida yakunlangan[32]. Mavsum davomida u barcha o‘yinlarda maydonga tushgan va yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritgan[33].

2019-yil sentabr oyida Fabiański sonidan jarohat olgan[34]. Uning jarohati davrida Robert va Devid Martin Fabiański o‘rniga darvozabonlik qilishgan.

2021-yil mart oyida Fabiański West Ham bilan shartnomasini 2022-yilning iyunigacha uzaytirgan[35].

2022-yil 12-yanvarda Fabiański Premer-ligadagi 300-uchrashuvini Norwich Cityga qarshi o‘tkazgan. Bu bilan u Premer-ligada 300 ta o‘yinda qatnashgan birinchi polshalik futbolchiga aylangan[36].

2022-yilning fevral oyida, 24-turda Nottingham Forestga qarshi o‘yinda Fabiański yuzidan jarohat olgan va uni o‘rniga Alphonse Areola uchrashuvni davom ettirgan[37].

2022-yil iyul oyida u klub bilan shartnomasini yana bir yilga, 2023-yilgacha uzaytirgan[38].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FabiańskiYevro-2016 davomida Portugaliya jamoasiga qarshi uchrashuvda

Fabiański Polsha terma jamoasida muntazam ravishda o‘zini ko‘rsatgan va 2006-yil 29-mart kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini amalga oshirgan[10].

Fabiański 2006-yilgi Jahon chempionati uchun Polsha tarkibiga kiritilgan va u Artur Boruts va Toma Kuszczaklardan so'ng 3-zaxira darvozaboni bo'lgan. UEFA Evro-2008 saralash bosqichida u Serbiyaga qarshi o‘yinda barcha 90 daqiqa davomida maydonda bo‘lgan va o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan[39].

Fabiański UEFA Evro-2016 musobaqasiga zaxira darvozaboni sifatida terma jamoa safida qatnashgan, biroq Shimoliy Irlandiyaga qarshi dastlabki o‘yinda Wojciech Szczęsny jarohat olgach, qolgan o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan[40]. U Germaniya va Ukraina bilan guruh bosqichidagi o‘yinlarda ham darvozani dahlsiz saqlab qolgan. Polsha chorak finalda Shveysariyani mag‘lub etgan. Keyingi bosqichda esa Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan[41].

Fabiański 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Polsha safida yetti o‘yinda qatnashgan[42]. U 2018-yilgi Jahon chempionati final bosqichida ham Polsha tarkibiga kiritilgan, biroq dastlabki ikki o‘yinda zaxirada qoldirilgan. U oxirgi guruh o‘yini bo‘lgan Yaponiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, darvozani dahlsiz saqlagan va Polsha 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2021-yilning avgust oyida u xalqaro faoliyatidan iste'fo berganini e'lon qilgan. Shu yilning oktabr oyida San-Marino bilan o‘tgan o‘yin Fabiańskining xayrlashuv uchrashuvi bo‘lgan va u 57-daqiqada almashtirilgan. U milliy terma jamoadagi faoliyatini 57 ta o‘yin bilan yakunlagan[43].

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Poland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Andoza:Hugman
  3. „Lukasz Fabianski: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
  4. „Łukasz Fabiański“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
  5. 5,0 5,1 Szczepanik, Nick. „Poland's new goalkeeping union not keen to send in the clowns“ (2007-yil 11-may). 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-may.
  6. Leech, Harry „Football: Player profiles of Arsenal's impressive Carling Cup youngsters“. The Guardian (2008-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  7. 7,0 7,1 „Eight things you probably didn't know about Lukasz Fabianski“. West Ham United F.C. (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  8. O'Rourke, Peter. „Gunners to pick up Pole“. Sky Sports (2007-yil 9-may). Qaraldi: 2007-yil 10-may.[sayt ishlamaydi]
  9. Richard Clarke. „Wenger: Fabianski is set to sign“. Arsenal F.C. (2007-yil 11-may). 2007-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-may.
  10. 10,0 10,1 „Polish goalkeeper Lukasz Fabianski joins Arsenal“. Arsenal F.C. (2007-yil 26-may). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 26-may.
  11. Kozmiński, Piotr „Fabiański's fond farewell to Arsenal“. UEFA (2014-yil 3-iyun). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  12. Chowdhury, Saj „Arsenal 2-0 Newcastle“. BBC Sport (2007-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  13. „Derby 2-6 Arsenal“. BBC Sport (2008-yil 28-aprel). Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  14. „Tottenham 5-1 Arsenal“. BBC Sport (2008-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  15. „FC Porto 2 - 1 Arsenal“. BBC Sport (2010-yil 17-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  16. Arsenal boss Wenger: Fabianski can be among the best | Premiership News (Wayback Machine saytida 6 April 2012 sanasida arxivlangan). tribalfootball.com (24 January 2010).
  17. Niall McGlone. „Porto 2–1 Arsenal: Lukasz Fabiański errors hand Portuguese side the edge“. Goal.com (2010-yil 17-fevral). Qaraldi: 2010-yil 5-mart.
  18. „Olympiakos 3 – 1 Arsenal“. BBC Sport (2011-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 13-aprel.
  19. Muller penalty Fabianski Great Save Bayern Munich vs Arsenal 11 3 2014 (inglizcha), qaraldi: 2023-06-07
  20. „Wigan 1–1 Arsenal“. BBC Sport (2014-yil 12-aprel).
  21. Osborne, Chris. „Norwich 0–2 Arsenal“. BBC Sport (2014-yil 11-may). Qaraldi: 2014-yil 29-may.
  22. McNulty, Phil. „Arsenal 3–2 Hull City“. BBC Sport (2014-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
  23. „Lukasz Fabianski leaves Arsenal to join Swansea City on free transfer“. BBC Sport (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 29-may.
  24. Bevan, Chris. „Man Utd 1–2 Swansea“. BBC Sport (2014-yil 16-avgust). Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  25. Rose, Gary. „West Ham 3–1 Swansea“. BBC Sport (2014-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 7-dekabr.
  26. „Lukasz Fabianski says Swansea's win over Arsenal was not personal“. Sky Sports (2015-yil 11-may).
  27. „Fabianski signs 4-year deal“. BBC Sport. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  28. Gwilym, Andrew „Swansea City's Player of the Season Awards 2018“. WalesOnline (2018-yil 19-aprel). Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  29. Pritchard, Dafydd. „Swansea 1–2 Stoke“. BBC Sport (2018-yil 14-may). Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.
  30. „Lukasz Fabianski: West Ham sign Swansea City's Polish goalkeeper“. BBC Sport (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  31. Clarke, Adrian „Standout players of 2018/19: Lukasz Fabianski“. Premier League (2018-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  32. „West Ham United 3–1 Cardiff City“. BBC Sport (2018-yil 4-dekabr).
  33. „Fabianski player of the year – West Ham United F.C.“. West Ham United F.C..
  34. „Lukasz Fabianski: West Ham goalkeeper out for two months with hip injury“. BBC Sport (2019-yil 30-sentyabr).
  35. „Fabianski to stay with West Ham until 2022“. BBC Sport.
  36. „West Ham United 2–0 Norwich City: Jarrod Bowen scores twice as hosts claim comfortable win“. BBC Sport (2022-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  37. „West Ham's Fabianski has fractured cheekbone“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2023-yil 28-fevral.
  38. „Łukasz Fabiański signs contract extension with West Ham United“. West Ham United F.C. (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  39. „Serbien gegen Polen 2:2“ (German). Fussballdaten. Qaraldi: 2010-yil 21-aprel.
  40. „Arkadiusz Milik earns Poland Euro 2016 win vs limited Northern Ireland“. standard.co.uk (2016-yil 12-iyun).
  41. „Poland 1–1 Portugal“. BBC Sport (2016-yil 30-iyun). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  42. „Łukasz Fabiański » Internationals » WC Qualifiers Europe“. worldfootball.net. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  43. „Poland 5-0 San Marino: Lukasz Fabianski ends Poland career in win“. BBC Sport (2021-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.