Tomáš Souček
Tomáš Souček (talaffuzi: Tomas Soucek) — chexiyalik futbolchi, „West Ham United“ va Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Tomáš Souček | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan | 27-yil 1995-yil (27 yosh)
|
Fuqaroligi | Chexiya |
Boʻyi | 192 sm |
Vazni | 86 kg |
Pozitsiyasi | |
Hozirgi jamoasi | |
Raqami |
28 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomáš Souček Praga „Slavia“ning oʻquvchisi. 2014-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Chexiya Ikkinchi ligasida „Viktoria Žižkov“ uchun ijara asosida oʻynadi[1]. Qarz tugaganidan keyin Tomáš Souček „Slavia“ga qaytdi. 2015- yil 27-iyulda u Sinot Ligada „Viktoria Plzeň“ qarshi oʻyinda debyut qildi. 16-avgust kuni „Vysocina“ga qarshi duelda Tomáš Souček „Slavia“ safida ilk golini urdi[2]. 2016-yilning 28-fevralida „Baník“ga qarshi o‘yinda Tomáš Souček xet-trik qayd etdi[3].
2017-yil boshida Tomáš Souček Slovan „Liberec“ga ijaraga berildi. 20-fevral kuni „FASTAV“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 2016-2017-yilgi mavsumni Tomáš Souček „Liberec“ klubida yakunladi. 2017-yilning yozida „Slavia“ Tomáš Součekni ijaradan qaytardi va u jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. 2018-yilda u Chexiya kubogini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda u „Slavia“ bilan birgalikda chempionlik va Chexiya kubogini qo‘lga kiritib, „oltin dubl“ga erishdi.
2020-yilning 29-yanvarida u Angliya Premer-ligasining „West Ham United“ klubiga o‘tdi[5].
Jamoalardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 15-noyabr kuni Daniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Tomáš Souček Chexiya terma jamoasi safida debyut qildi[6]. 2017-yilning 8-noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan Islandiyaga qarshi o‘yinda Tomáš Souček Chexiya terma jamoasi safidagi ilk golini kiritdi[7][8].
2017-yilda Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Tomáš Souček Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[9][10]. Turnirda u Germaniya, Italiya va Daniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11].
2021-yilning 24-martida u Estoniya terma jamoasiga qarshi 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi mehmonda 16 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan[12][13].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Liga kubog | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Slavia Prague | 2015-2016 | 29 | 7 | 2 | 0 | — | — | — | 31 | 7 | |||
2016-2017 | 7 | 0 | 1 | 0 | — | 5 | 0 | — | 13 | 0 | |||
2017-2018 | 27 | 3 | 4 | 0 | — | 8 | 0 | — | 39 | 3 | |||
2018-2019 | 34 | 13 | 2 | 3 | — | 13 | 2 | — | 49 | 18 | |||
2019-2020 | 17 | 8 | 0 | 0 | — | 8 | 2 | 1 | 2 | 26 | 12 | ||
Jami | 114 | 31 | 9 | 3 | — | 34 | 4 | 1 | 2 | 158 | 40 | ||
Viktoria Žižkov (ljara) | 2014-2015 | 14 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 14 | 0 | |||
Slovan Liberec (ljara) | 2016-2017 | 12 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 13 | 0 | |||
West Ham United (ljara) | 2019-2020 | 13 | 3 | — | — | — | — | 13 | 3 | ||||
West Ham United | 2020-2021 | 38 | 10 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 41 | 10 | ||
2021-2022 | 35 | 5 | 3 | 0 | 2 | 0 | 11 | 1 | — | 51 | 6 | ||
2022-2023 | 8 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | — | 11 | 2 | ||
Jami | 94 | 19 | 6 | 0 | 2 | 0 | 14 | 2 | 0 | 0 | 116 | 21 | |
Umumiy karyerasi | 233 | 50 | 16 | 3 | 2 | 0 | 48 | 6 | 1 | 2 | 305 | 61 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chexiya chempioni: 2016-2017, 2018-2019, 2019-2020
- Chexiya kubogi sohibi: 2017-2018, 2018-2019
- Chexiya „Oltin to‘p“ sohibi: 2020, 2021
- Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019, 2020
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Виктория Пльзень VS. Славия Прага 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 27-iyul).
- ↑ „Славия Прага VS. Высочина 4:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 16-avgust).
- ↑ „Славия Прага VS. Баник Остава 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 28-fevral).
- ↑ „Слован Либерец VS. Фастав 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-fevral).
- ↑ „Лучший игрок Чехии Соучек перешел в «Вест Хэм». Им интересовался «Спартак»“. Sports.ru. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
- ↑ „Чехия VS. Дания 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-noyabr).
- ↑ Telesport. „Томаш Соучек – лучший игрок Чехии в 2019-ом году. В топ-3 также Вацлик и Дарида“ (ru). tele-sport.ru. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Соучек признан игроком года в Чехии, Трпишовски — лучший тренер“ (ru). sport-express.ru (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
- ↑ „Германия (до 21) VS. Чехия (до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-iyun).
- ↑ „Чехия (до 21) VS. Италия (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-iyun).
- ↑ „Чехия (до 21) VS. Дания (до 21) 2:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-iyun).
- ↑ Redakce. „Tomáš Souček opanoval anketu Zlatý míč ČR“. SK Slavia Praha. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
- ↑ Seznam.cz. „Souček získal podruhé Zlatý míč. A zase s rekordním náskokem“ (cs). www.sport.cz. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.