Kontent qismiga oʻtish

Salam, New York

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Салам, Нью-Йоркdan yoʻnaltirildi)
Salam, New York!
Prodyuser(lar) Nurbek Aybashov
Ssenariynavis(lar) Sergey Krolivich
Ruslan Akun
Guljan Toktogulova
Ermek Kerimboyev
Rollarda Bektemir Mamayusupov
Chiqarilgan sanasi 2013
Davomiyligi 132 daqiqa
Mamlakat Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Byudjeti $ 100 000
Daromadi $ 700 000

Salam, New York Ruslan Akun tomonidan suratga olingan qirgʻiz romantik komediyasidir. Film kambagʻal idish-tovoq yuvuvchidan yirik advokatlik firmasi xodimi boʻlgan yigit haqidadir. 2013-yil 14-fevralda kinoteatrlarda namoyish etildi. Bu film Qirgʻiziston mustaqillik tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan film boʻldi va uning kassasi 700 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Filmdagi voqealar New York shahrida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon qirgʻizistonlik yosh yigit, Botir Amanov boʻlib, u oʻzining tugʻilib oʻsgan qishlogʻidan Amerika Qoʻshma Shtatlariga Kolumbiya universitetida magistrlik darajasini olish orzusi bilan kelgan[1]. Botir haqiqatan ham ingliz tilini bilmagani uchun u Amerikada yashovchi qarindoshidan yordam berishini umid qiladi, ammo qarindoshini zudlik bilan Yevropaga ishga chaqirib qolishadi.

  • Bektemir Mamayusupov — Botir
  • Aida Tulebaeva — Erika rolida
  • Marina Beyn — Kolumbiya universitetining Qozogʻistonlik talabasi
  • Aleks Galper — shaxmatchi
  • Aleks Meizlin — restoran egasi

Suratga olish guruhi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ssenariy mualliflari: Ruslan Akun, Guljan Toktogulova
  • Rejissyor: Ruslan Akun
  • Prodyuser: Nurbek Aibashov
  • Rejissyor: Talant Urgaziev
  1. „Киргиз в Нью-Йорке“. 7-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2014-yil.