Salam, New York
Salam, New York! | |
---|---|
Prodyuser(lar) | Nurbek Aybashov |
Ssenariynavis(lar) |
Sergey Krolivich Ruslan Akun Guljan Toktogulova Ermek Kerimboyev |
Rollarda | Bektemir Mamayusupov |
Chiqarilgan sanasi | 2013 |
Davomiyligi | 132 daqiqa |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Byudjeti | $ 100 000 |
Daromadi | $ 700 000 |
Salam, New York Ruslan Akun tomonidan suratga olingan qirgʻiz romantik komediyasidir. Film kambagʻal idish-tovoq yuvuvchidan yirik advokatlik firmasi xodimi boʻlgan yigit haqidadir. 2013-yil 14-fevralda kinoteatrlarda namoyish etildi. Bu film Qirgʻiziston mustaqillik tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan film boʻldi va uning kassasi 700 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmdagi voqealar New York shahrida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon qirgʻizistonlik yosh yigit, Botir Amanov boʻlib, u oʻzining tugʻilib oʻsgan qishlogʻidan Amerika Qoʻshma Shtatlariga Kolumbiya universitetida magistrlik darajasini olish orzusi bilan kelgan[1]. Botir haqiqatan ham ingliz tilini bilmagani uchun u Amerikada yashovchi qarindoshidan yordam berishini umid qiladi, ammo qarindoshini zudlik bilan Yevropaga ishga chaqirib qolishadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bektemir Mamayusupov — Botir
- Aida Tulebaeva — Erika rolida
- Marina Beyn — Kolumbiya universitetining Qozogʻistonlik talabasi
- Aleks Galper — shaxmatchi
- Aleks Meizlin — restoran egasi
Suratga olish guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ssenariy mualliflari: Ruslan Akun, Guljan Toktogulova
- Rejissyor: Ruslan Akun
- Prodyuser: Nurbek Aibashov
- Rejissyor: Talant Urgaziev
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Киргиз в Нью-Йорке“. 7-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2014-yil.