Kontent qismiga oʻtish

Chavqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Chavqi“ folklor-etnografik ansambli
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1986-yildan hozirgi vaqtgacha
Janr folklor

ChavqiBulungʻur tumanida faoliyat yuritb kelayotgan folklor-etnografik ansambli (havaskor ijodiy jamoa). Jamoa 1986-yilda Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida tashkil etilgan[1][2]. Jamoa xalq ijodining qoʻshiq, raqs, oʻyin shakllarini milliy urf-odat va marosimlarga bogʻlab, sahnaviy talqinini namoyish qiladi. Ansamblning hozirgi kundagi badiiy rahbari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Eshbek Normurodovdir[3].

„Chavqi“ soʻzining etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Chavqi“ soʻzi gulxan atrofida kechasi oʻynaladigan oʻyin yoki bazm hamda „kurash“, „olish“ degan maʼnolarni anglatadi[1][2]. „Chavqi“ oʻziga xos etnofolklor hodisasi boʻlib, Bulungʻur, Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Payariq, Jomboy, Urgut tumanlarida asrlar davomida keng tarqalgan xalq oʻyinidir.

„Chavqi“ folklor-etnografik ansambli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ansambl 1986-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Suvonqul Abduqodirov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ansambl asosan xalq qoʻshiqlarini birqarsak, uchqarsak, beshqarsak, qoʻshqarsak va mayda qarsak usullarida ijro etishadi[2]. Ansambl tomonidan „Yil boshi“, „Dehqon dala aylandi“, „Poda toʻp“, „Sumalak“, „Samarqand bozori“, „Qongtarovdi“, „Chillak“, „Quloq choʻzma“, „Beshqarsak“, „Oʻmboloq, doʻmboloq oshib oʻynaymiz“, „Choʻpon-choʻliq podachi“, „Topron“, „Xappak“, „Boʻtasalay“, „Arpa pish, bugʻdoy pish“ kabi badiiy sahnalashtirilgan maydon tomoshalari ijro etilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Fozil Yo'ldosh oʻgʻli va „Chavqi““. „Bulungʻur hayoti“ gazetasi (2022-yil 11-noyabr). 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 Zoir Tangirov. „Folklor-etnogrаfik xаlq аnsаmbllаridа xаlq hаrаkаtli oʻyinlаrining ifodаlаnishi“ (2021-yil). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  3. „Eshbek traktorchi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi boʻldi“ (2-sentyabr 2021-yil). 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.