„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali
Ushbu sahifani "1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 60 yilligi" yubiley medali bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
“1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat |
Rossiya Ozarbayjon[1] Ukraina[2] Belarus[3] Qozogʻiston Moldova Armenia Oʻzbekiston[4] | ||
Turi | esdalik medali | ||
Holati | qoʻllanilmaydi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
diametri-32mm lenta kengligi-24mm | ||
Mukofotlash soni | taxminan 9 000 000 | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali | ||
Kenja mukofot | „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi“ yubiley medali |
„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2004-yil 28-fevraldagi 277-sonli farmoni bilan 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligiga bagʻishlab taʼsis etilgan Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti. Rossiya Federatsiyasi Prezidentning 2010-yil 7-sentyabrdagi 1099-sonli qarori bilan „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari roʻyxatidan chiqarildi va hozirda amaldagi mukofotlar roʻyxatida mavjud emas[5].
Medal toʻgʻrisidagi nizom
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSSR Qurolli Kuchlari saflarida Ulugʻ Vatan urushi davrida jangovor harakatlarda qatnashgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar , SSSRning vaqtincha bosib olingan hududlarida Ulugʻ Vatan urushi yillarida faoliyat yuritgan partizanlar va yashirin tashkilotlarning aʼzolari, „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medallari bilan taqdirlangan va guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar yoki 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qatnashganligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar;
- Ulugʻ Vatan urushi yillarida fidokorona mehnati uchun SSSR ordenlari, „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medallari bilan taqdirlangan front mehnatkashlari. , „Mehnatdagi jasorati uchun“, „Mehnatdagi faxriy xizmati uchun“, „Leningrad mudofaasi uchun“, „Moskva mudofaasi uchun“, „Odessa mudofaasi uchun“, „Sevastopol mudofaasi uchun“ medali, „Stalingrad mudofaasi uchun“, „Kiyev mudofaasi uchun“, „Kavkazni himoya qilgani uchun“, „Sovet Arktikasini mudofaasi uchun“ meadallari shuningdek „Qamaldagi Leningrad aholisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yoki „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan va guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar;
- 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha kamida olti oy ishlagan shaxslarga,SSSRning vaqtincha bosib olingan hududlarida ishlagan davr bundan mustasno;
- Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan yaratilgan kontslagerlar, gettolar va boshqa qamoqxonalarning voyaga etmagan sobiq asirlar ;
- SSSR Qurolli Kuchlari saflarida partizan otryadlari, yer osti guruhlari, boshqa antifashistik va harbiy milliy tuzilmalar tarkibida jang qilgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlmagan xorijiy davlatlarning fuqarolari. Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaga katta hissa qoʻshgan va SSSR yoki Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar „1941-1945- yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirlangan."1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi" yubiley medali koʻkrakning chap tomonida taqiladi va Jukov medalidan keyin joylashgan[6].
Medalning tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali dumaloq, diametri 32 mm, tombakdan(qizil guruchdan) qilingan. Medalning old tomonida yuqori qismida „Gʻalaba ordeni “tasviri, pastki qismida — „1945-2005“ yillari joylashgan. Medalning orqa tomonida oʻrtada: „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yozuvi, aylana boʻylab dafna novdalari. Medalning chekkalari rom bilan chegaralangan. Medaldagi barcha tasvirlar, yozuvlar va raqamlar naqshinkor qilingan. Medal koʻz va halqa yordamida qizil ipak muare lentasi bilan qoplangan beshburchak blok bilan bogʻlangan. Lenta kengligi — 24 mm. Lenta chetlari boʻylab beshta chiziq; uchta qora va ikkita toʻq sariq, har biri 1 mm kengligida. Qora chiziqlar kengligi 0,5 mm boʻlgan toʻq sariq rangli chiziqlar bilan chegaralangan[6]. Quyidagi shaxslar „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirlanganlar.
Qabul qiluvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi shaxslar „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirlanganlar.
Rossiya Federatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Violonchel va dirijyor Mstislav Leopoldovich Rostropovich
- Sovet Ittifoqi marshali Sergey Leonidovich Sokolov
- Sovet Ittifoqi marshali Vasiliy Ivanovich Petrov
- Artilleriya ofitseri polkovnik Ivan Fedorovich Ladyga
- Sovet Ittifoqi Qahramoni general-leytenant Galaktion Yeliseevich Alpaidze
- Sovet Ittifoqi Qahramoni qozoq armiyasi generali Sagadat Nurmagambetov
Chet el fuqarolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ruminiya qiroli Maykl I
- Gretsiya Prezidenti Karolos Papulyas
- Polsha generali va sobiq prezident Voytsex Yaruzelski
- Amerikaning sobiq prezidenti Jorj HV Bush
- Albaniyaning sobiq prezidenti Alfred Moisiu
- Xorvatiyaning sobiq prezidenti Styepan Mesich
-
Rossiyada berilgan „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ medali uchun guvohnomasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 785-sonli Farmoni“. e-qanun.az. 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ „Ukraina Prezidentining "1941-1945-yillardagi Ulug 'Vatan urushidagi G'alabaning 60 yilligi" yubiley medali bilan taqdirlash to'g'risida 290/2009-son Farmoni (Ukraina)“. president.gov.ua. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ „Belarus Respublikasi Prezidentining 592-sonli “1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 60 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni.Belarusiya Respublikasining milliy yuridik internet portali.“. pravo.by. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-apreldagi “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 60 yilligini nishonlash munosabati bilan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida”gi UP-3593-son farmoni.“. Lex.uz. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 7 sentyabrya 2010 goda № 1099 „O merax po sovershenstvovaniyu gosudarstvennoy nagradnoy sistemi Rossiyskoy Federatsii“, p. 3.
- ↑ 6,0 6,1 Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii o polojenii i opisanii yubileynoy medali „60 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (Wayback Machine saytida 2012-03-19 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga Davlat mukofotlari boʻyicha komissiya
- Rossiya gazetasi rus tillida
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Изотова М. А., Царёва Т. Б.. Ордена и медали России и СССР. Ростов-на-Дону: ООО ИД «Валдис», 2010 — 634—637-bet. ISBN 978-5-9567-0960-3.