Kontent qismiga oʻtish

1993-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
1993 UEFA Champions League final
Turnir UEFA Chempionlar Ligasi
Sana 26-May 1993-yil
Oʻyin oʻtkazilgan joy Olympiastadion, München
Hakam Kurt Röthlisberger (Shveysariya)
Tomoshabinlar soni 64,444[1]

1993-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 1993-yil 26-mayda Myunxendagi Olympiastadionda oʻtkazilgan boʻlib, Fransiyaning Marsel klubi va Italiyaning Milan klublari oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan oʻyin.

UEFA Chempionlar Ligasining tarixida ikkinchi marotaba oʻtkazilgan guruh bosqichidan soʻng oʻtkazilgan finalda, Kot-dʼIvuarda tugʻilgan Basile Boli 43-daqiqada boshi bilan darvozaga yoʻllagan zarbasi golga aylanadi va oʻyinda yagonaligini saqlab qoladi. Marsel oʻz tarixida ilk bor Yevrokuboklarda gʻolib chiqadi. Fransiyaning Ligue 1 ligaisda ishtirok etuvchi jamoalardan faqatgina Marsel klubi Yevrokuboklarda gʻolib boʻlgan jamoa hisoblanadi. Fransiyaning boshqa ikki klubi, Monaco va PSG 2004 va 2020-yillarda finalgacha chiqishga erishgan. Ammo raqiblariga magʻlub boʻlishgan.

Keyinchalik Marsel va ularning klubi prezidenti Bernard Tapi 1992—1993-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlar janjaliga aloqador boʻlganligi aniqlangan (bunda Marsel Valenciennesga oʻyinda magʻlubiyatga uchragani uchun pul toʻlagan), bu esa ularni 2-divizionga tushib ketishi va chempionlikdan mahrum boʻlishiga olib kelgan. Shuningdek klub keyingi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan. Klubga nisbatan choralar faqatgina Fransiya doirasida qoʻllangan. 1993-yilgi UEFA Chempionlar ligasi chempionlik unvoni oʻzida saqlab qolgan.

Ushbu final oʻyini Gollandiya futbol afsonasi Marco van Basten uchun Milan safida soʻngisi boʻldi. Oʻyinning 86-daqiqasida golland toʻpigʻidan jiddiy jarohat oladi. Keyibgi 2 yilni jarohatdan tiklanish uchun sarflaydi. Ammo barchasi samarasiz ketadi va 1995-yilda oʻz faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻladi[2].

Quyidagi jadvalda 1992-yilgacha Yevropa kubogi finalida ishtirok etgan yillar belgilangan. 1993-yildan boshlab turnir oʻz nomini Chempionlar ligasiga oʻzgartiradi.

Jamoa Oldingi finaldagi ishtiroklar (Qalin yozuv gʻoliblikni anglatadi)
Fransiya Marsell 1 (1991)
Italiya Milan 5 (1958, 1963, 1969, 1989, 1990)

Finalgacha yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fransiya Marseille Bosqich Italiya Milan
Raqib Umumiy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin Raqib Umumiy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin
Shimoliy Irlandiya Glentoran 8–0 5–0 (M) 3–0 (U) Birinchi raund Sloveniya Olimpija Ljubljana 7–0 4–0 (U) 3–0 (M)
Ruminiya Dinamo București 2–0 0–0 (M) 2–0 (U) Ikkinchi raund Chexiya Slovan Bratislava 5–0 1–0 (M) 4–0 (U)
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
Shotlandiya Rangers 2–2 (M) 1-Tur Shvetsiya IFK Göteborg 4–0 (U)
Belgiya Brugge 3–0 (U) 2-Tur Niderlandiya PSV Eindhoven 2–1 (M)
Rossiya SSKA Moskva 1–1 (M) 3-Tur Portugaliya Porto 1–0 (M)
Rossiya SSKA Moskva 6–0 (U) 4-Tur Portugaliya Porto 1–0 (U)
Shotlandiya Rangers 1–1 (U) 5-Tur Shvetsiya IFK Göteborg 1–0 (M)
Belgiya Brugge 1–0 (M) 6-Tur Niderlandiya PSV Eindhoven 2–0 (U)
"A" guruhi gʻolibi Yakun "B" guruhi gʻolibi
26-may 1993-yil
20:15 Mahalliy vaqt bilan
Marseille Fransiya 1–0 Italiya Milan Olympiastadion, München
Tomoshabinlar: 64,444[1]
Hakam: Kurt Röthlisberger (Switzerland)
Boli Gol 44' https://www.uefa.com/uefachampionsleague/season=1992/matches/round=50/match=50054/index.html
forma
Marseille
forma
Milan
1 Fransiya Fabien Barthez Booked 70'
2 Fransiya Jocelyn Angloma Maydondan chiqarilgan 62'
3 Fransiya Éric Di Meco Booked 31'
4 Fransiya Basile Boli Booked 56'
5 Fransiya Franck Sauzée
6 Fransiya Marcel Desailly
7 Fransiya Jean-Jacques Eydelie
8 Xorvatiya Alen Bokšić
9 Germaniya Rudi Völler Maydondan chiqarilgan 79'
10 Gana Abedi Pele
11 Fransiya Didier Deschamps (Jamoa sardori)
Zahira:
12 Fransiya Jean-Christophe Thomas Maydonga tushirilgan 79'
13 Fransiya Bernard Casoni
14 Fransiya Jean-Philippe Durand Maydonga tushirilgan 62'
15 Fransiya Jean-Marc Ferreri
16 Fransiya Pascal Olmeta
Murabbiy:
Belgiya Raymond Goethals
1 Italiya Sebastiano Rossi
2 Italiya Mauro Tassotti
3 Italiya Paolo Maldini
4 Italiya Demetrio Albertini
5 Italiya Alessandro Costacurta
6 Italiya Franco Baresi (Jamoa sardori)
7 Italiya Gianluigi Lentini Booked 39'
8 Niderlandiya Frank Rijkaard
9 Niderlandiya Marco van Basten Maydondan chiqarilgan 86'
10 Italiya Roberto Donadoni Maydondan chiqarilgan 58'
11 Italiya Daniele Massaro
Zahira:
12 Italiya Carlo Cudicini
13 Italiya Stefano Nava
14 Italiya Stefano Eranio Maydonga tushirilgan 86'
15 Italiya Alberico Evani
16 Fransiya Jean-Pierre Papin Maydonga tushirilgan 58'
Murabbiy:
Italiya Fabio Capello
  1. 1,0 1,1 „2. Finals“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2016/17. Nyon: Union of European Football Associations, 2017 — 1-bet. 
  2. „Oggi su 7 Marco van Basten: "Ho visto la depressione. Ma adesso sono sereno"“ (2020-yil 28-fevral).