Kontent qismiga oʻtish

1994

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(1994 (yil)dan yoʻnaltirildi)

1994

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 6-yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
  • 25-yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 11-fevral — Nukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
  • 24-fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.
  • 15-mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
  • 19-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994-yil „Mirzo Ulugʻbek yili“ deb eʼlon qilindi.
  • Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 8-aprel — „Toshkent“ Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan „Yevrosiyo“ fond birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).
  • 8-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
  • 13-aprel — „Oʻzbekinvest“ eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 23-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.
  • Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 2-may — Xursand Oʻrozboyev tugʻilgan.
  • 5-may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — „Oʻzbekiston Qahramoni“ taʼsis etildi.
  • 5-may — „Mustaqillik“, „Doʻstlik“ ordenlari, „Jasorat“, „Shuhrat“ medallari taʼsis etildi.
  • 12-may — „Savdogarbank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 24-may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 30-may — Toshkentda birinchi marta „Prezident kubogi“ uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.
  • May — „Andijonirmash“ zavodi negizida tashkil etilgan „OʻzEKS“ Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.
  • May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.
  • 8-iyun — Oʻzbekistonda birinchi „Vaqt“ milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
  • 21-iyun — „Trastbank“ aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
  • 1-iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.
  • 18-iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
  • 2-avgust — Toshkentda „Yunusobod“ sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994-yil, 2-navbati 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir „Oʻzbekiston“ sport majmui nomi bilan ataladi.
  • Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda „Tafakkur“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. „Gʻallabank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 2-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
  • 2-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
  • 8-sentyabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
  • 22-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
  • 22—23-sentyabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida „Yer osti boyliklari toʻgrisida“ qonun qabul qilindi.
  • 24—25-sentyabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
  • Sentyabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
  • Sentyabr — Jizzax shahrida „Oʻzbekmebel“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.
  • 3-oktyabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining „Ipak yoʻli“ xalqaro konferensiyasi ochildi. „Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi“ qabul qilindi.
  • 6-oktyabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.
  • 12-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida“gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
  • 13—15-oktyabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda „Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi“ mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
  • 14-oktyabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
  • 7-noyabr — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • Noyabr — Ellikqalʼada „Elteks“ toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6-dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.
  • 19-dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
  • 20-dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
  • 23-dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.
  • 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
  • Dekabr — „Nukus—Moskva“ yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
  • 1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya „OʻzBAT“ qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli „Afrosiyob“ mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 — „Yogʻdu“ kinostudiyasi tashkil etildi.

Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.