Kontent qismiga oʻtish

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali

Rose Bowl stadioni
Turnir 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
5–4 Penaltilar seriyasida
Sana 10-iyul, 1999-yil(1999-07-10)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Rose Bowl, Pasadena
Hakam Nicole Petignat (Shveysariya)
Tomoshabinlar soni 90,185
1995
2003

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliy futbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi[1]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi[2][3].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani maydonga tushirdi[4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa[5] qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi[6][7][8]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi[9].

Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida[10] boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi[11] va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi[12][13][14]. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi[15].

1999-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining finali 1999-yil 10-iyulda boʻlib oʻtgan futbol assotsiatsiyasi oʻyini boʻlib, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibini aniqlash uchun boʻlib oʻtgan. Mezbon Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoalari qoʻshimcha boʻlimda ikkita oltin gol urgan holda durang oʻynadi. Shundan soʻng, AQSh penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, 5:4 hisobida 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritdi[16][17].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Amerika yengil atletika tarixidagi eng muhim voqealardan biri boʻldi[18]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 90 000 dan ortiq muxlislar oldida oʻynaldi[19]. Sports Illustrated jurnalining muqovasida joy olgan Brandi Chastainning gʻalaba qozongan zarbasini nishonlayotgan taniqli surati Qoʻshma Shtatlardagi ayollar yengil atletikasining yutugʻining aniq tasvirlaridan biriga aylandi[20].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalistlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlar oʻz maydonida Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi jamoa boʻlish istagida edi, bu ishni Xitoy 1991-yilda amalga oshira olmagan edi. Xitoy esa AQSh va Norvegiya ayollar terma jamoalari qatoriga Jahon chempionati chempioni sifatida qoʻshilishga harakat qilardi[21][22].

Xitoy FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan birinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi[23]. Bu, shuningdek, Yevropa terma jamoasi ishtirok etmagan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi finali edi. 

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlar avtomatik tarzda mezbon davlat sifatida 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Shunga koʻra, ular CONCACAF saralash bosqichi boʻlib xizmat qilgan 1998-yilgi CONCACAF ayollar chempionatini oʻtkazib yuborishni tanladilar. Ular 2010-yilgacha ham CONCACAF chempionligini qoʻlga kirita olmasdi. Xitoy 1997-yilda qatorasiga oltinchi marta AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻalaba qozonib, saralangan edi. 

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A guruhida Amerika Qoʻshma Shtatlar osonlik bilan yutib, pley-off bosqichiga chiqdi. Chorak final 1-taymida 2:1 hisobida ortda qolib, yakunda Germaniya ayollar terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etdi. Shundan soʻng Qoʻshma Shtatlar Braziliya ayollar terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi[24].

Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi “D” guruhida gʻalaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqdi. Ular chorak finalda Rossiya ayollar terma jamoasini magʻlub etishdi, keyin esa amaldagi chempion Norvegiya ayollar terma jamoasini 5:0 hisobida osonlikcha magʻlub etib, finalga chiqdi[25].

AQSh Bosqich Xitoy
Raqib terma jamoasi Hisob Guruh bosqichi Raqib terma jamoasi Hisob
 Daniya 3–0 1-oʻyin  Shvetsiya 2–1
 Nigeriya 7–1 2-oʻyin  Gana 7–0
 Shimoliy Koreya 3–0 3-oʻyin  Avstraliya 3–1
Raqib terma jamoasi Hisob Pley-off bosqichi Raqib terma jamoasi Hisob
 Germaniya 3–2 Chorak final  Rossiya 2–0
 Braziliya 2–0 Yarim final  Norvegiya 5–0

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali oʻyini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 1999-yil 10-iyulda Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida boʻlib oʻtdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar va Xitoy terma jamoalari asosiy va qoʻshimcha taymlarida durang oʻynadi. Qoʻshma Shtatlar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida gʻalaba qozondi. Gʻalaba Qoʻshma Shtatlarga ikkinchi FIFA Jahon chempionligini taqdim etdi[26].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali shiddatli kechdi, hech bir tomon koʻp imkoniyatga ega boʻlmadi. Balki ikkala jamoaning gol urish uchun eng yaxshi imkoniyati qoʻshimcha boʻlimda paydo boʻldi. Oʻshanda xitoylik Fan Yunjie boshi bilan Kristin Lilly himoya qilgan ustunga zarba berdi[27].

Ikkala jamoa ham gol ura olmaganidan soʻng, jamoalar 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻoliblarini aniqlash uchun penaltilar seriyasida toʻqnash kelishdi. Birinchi boʻlib Xitoy zarba berdi, Qie Haiyan esa gol urdi, faqat amerikalik Carla Overbeck hisobni tenglashtirdi.

Liu Ying uchinchi raundda Xitoyning toʻp tepdi, ammo uning zarbasini AQSH darvozaboni Briana Skurry qaytardi.

Chjan Ouying, Mia Hamm va Sun Wen oʻzlarining penalti imkoniyatlarini golga aylantirib, amerikalik Brendi Chastainni turnirda gʻalaba qozonish uchun zarba bilan qoldirishdi. U toʻpni Xitoy darvozaboni Gaodan oʻtkazib yubordi va bu oʻz maydonida chempionlikni qoʻlga kiritgan amerikaliklarning hayajonli bayramiga olib keldi[28][29][30].

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy

[tahrir | manbasini tahrirlash]
10-iyul, 1999-yil(1999-07-10)
12:50 PDT
AQSH bayrogʻi AQSh 0–0 Xitoy bayrogʻi Xitoy Rose Bowl, Pasadena
Tomoshabinlar: 90,185
Hakam: Nicole Petignat (Shveysariya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22183
  Penaltilar  
*Overbeck Penalty scored 5–4 *Penalty scored Xie Huilin
forma
AQSh[31]
forma
Xitoy[31]
Darvozabon 1 Briana Scurry
Oʻng qanot himoyachisi 14 Joy Fawcett
Markaziy himoyachisi 4 Carla Overbeck (Jamoa sardori)
Markaziy himoyachisi 20 Kate Sobrero
Chap qanot himoyachisi 6 Brandi Chastain
Hujumkor yarim himoyachi 10 Michelle Akers Booked 74' Maydondan chiqarilgan 91'
Markaziy yarim himoyachi 11 Julie Foudy
Markaziy yarim himoyachi 13 Kristine Lilly
Oʻng qanot hujumchisi 9 Mia Hamm
Markaziy hujumchi 12 Cindy Parlow Maydondan chiqarilgan 57'
Oʻng qanot hujumchisi 16 Tiffeny Milbrett Maydondan chiqarilgan 115'
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:
Yarim himoyachi 8 Shannon MacMillan Maydonga tushirilgan 57'
Yarim himoyachi 7 Sara Whalen Maydonga tushirilgan 91'
Yarim himoyachi 15 Tisha Venturini Maydonga tushirilgan 115'
Bosh murabbiy:
Tony DiCicco
Darvozabon 18 Gao Hong
Oʻng qanot himoyachisi 11 Pu Wei Maydondan chiqarilgan 59'
Markaziy himoyachisi 12 Wen Lirong
Markaziy himoyachisi 3 Fan Yunjie
Chap qanot himoyachisi 14 Bai Jie
Oʻng qanot hujumchisi 2 Wang Liping
Markaziy yarim himoyachi 10 Liu Ailing Booked 80'
Markaziy yarim himoyachi 13 Liu Ying
Chap qanot hujumchisi 6 Zhao Lihong Maydondan chiqarilgan 114'
Markaziy hujumchi 9 Sun Wen (Jamoa sardori)
Markaziy hujumchi 8 Jin Yan Maydondan chiqarilgan 119'
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:
Hujumchi 7 Zhang Ouying Booked 70' Maydonga tushirilgan 59'
Yarim himoyachi 15 Qiu Haiyan Maydonga tushirilgan 114'
Himoyachi 5 Xie Huilin Maydonga tushirilgan 119'
Bosh murabbiy:
Ma Yuanan
Yordamchi hakamlar:

Ghislaine Labbe (Fransiya)

Ana Pérez (Peru)

Toʻrtinchi hakam:

Katriina Elovirta (Finlandiya)

  1. Longman, Jere. „A World of Their Own“. The New York Times (18-iyun 1999-yil), s. D6. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  2. Murray (2019)
  3. „The 1999 gamble that paid off“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (21-fevral 2019-yil). 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  4. Jones, Grahame L.. „Unpredictable Draw for U.S. Women“. Los Angeles Times (15-fevral 1999-yil), s. D3. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  5. „1999 FIFA Women's World Cup Qualifying Overview“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2001-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  6. Fédération Internationale de Football Association (17-noyabr 1998-yil). „Women referees only at the 1999 Women's World Cup in the USA“. Press-reliz. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  7. FIFA Technical Study Group (1999)
  8. Jones, Grahame L.. „Blowing the Whistle“. Los Angeles Times (19-iyun 1999-yil), s. D10. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  9. Jones, Grahame L.. „Women's Soccer Championship Is Coming to America in 1999“. Los Angeles Times (1-iyun 1996-yil), s. C7. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  10. „Records crash as USA rejoice“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (22-mart 2007-yil). 12-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  11. „Women's 1999 World Cup Soccer“. The Courier-News. Associated Press (20-iyun 1999-yil), s. D4. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  12. „Women's soccer final sets ratings record“. The Tennessean (12-iyul 1999-yil), s. C2. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  13. „World Cup is raking in the dough“. The Capital Times. Associated Press (30-iyun 1999-yil), s. B4. Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.
  14. Zulgad, Judd. „World Cup commitment proves to be a success“. Star-Tribune (9-iyul 1999-yil), s. C4. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  15. Chapin, Dwight. „U.S. faces an unfamiliar World“. San Francisco Examiner (15-fevral 1999-yil), s. D1, D4. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  16. „Previous Tournaments“. FIFA.com. 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  17. Reynolds. „Football: Brandi the toast of the hosts - Sport“. The Independent (11-iyul 1999-yil). 2022-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2012-yil.
  18. „1999 U.S. Women's Soccer Team“. Los Angeles Times (13-iyul 2012-yil). Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  19. „Women's World Cup“. Milwaukee Express (11-iyul 2011-yil). 17-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  20. Longman, Jere. „The Sports Bra Seen Round the World“. The New York Times (5-iyul 2003-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2012-yil.
  21. „Politics Aside, for Chinese It's Only 'a Sporting Thing'“. The New York Times (7-iyul 1999-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2012-yil.
  22. Longman, Jere. „SOCCER; 1999 Women's World Cup: Beautiful Game Takes Flight“. The New York Times (20-may 1999-yil). Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  23. „Politics Aside, for Chinese It's Only 'a Sporting Thing'“. The New York Times (7-iyul 1999-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2012-yil.
  24. „Previous Tournaments“. FIFA.com. 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  25. „BBC News | Asia-Pacific | China goes football mad“. news.bbc.co.uk.
  26. „Previous Tournaments“. FIFA.com. 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  27. „Women's World Cup – Closer Look: Wily Lilly uses her head“. Sports Illustrated (11-iyul 1999-yil). 2004-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
  28. Faison, Seth. „The View From China: 'So Close, So Close'“. The New York Times (12-iyul 1999-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2012-yil.
  29. Reynolds. „Football: America in love and having a ball - Sport“. The Independent (10-iyul 1999-yil). 2022-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2012-yil.
  30. Gee, Alison. „Why Women's World Cup champion Brandi Chastain bared her bra“. BBC Sport (13-iyul 2014-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2014-yil.
  31. 31,0 31,1 DiCicco, Tony „How they won the cup“ (PDF). unitedsoccercoaches.org. United Soccer Coaches (2000-yil may). 6-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
    1999 FIFA Women's World Cup – Final [Television production]. Pasadena, California: American Broadcasting Company.