Kontent qismiga oʻtish

Peru

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Peru Respublikasi
República del Perú
ShiorFirme y feliz por la Unión
(Ispancha: Barqarorlik va Baxt Ittifoq uchun)
Madhiya: Somos libres, seámoslo siempre
(We Are Free, Let Us Remain So Forever)
Location of Peru
Poytaxt Lima
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Pedro Pablo Kuczynski
Fernando Zavala
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
28-iyul 1821
Maydon
• Butun
1,285,216 km2 (20-oʻrin)
• Suv (%)
0.41
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
27,925,628 (39-oʻrin)
• Zichlik 21/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$169,500 mil. (47-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6,070
Pul birligi Sol (PEN)
Vaqt mintaqasi UTC–5
• Yoz (DST)
UTC–5
Qisqartma PE
Telefon prefiksi 51
Internet domeni .pe

Peru, Peru Respublikasi (República del Perú) — Janubiy Amerikaning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 1 mln. 285,2 ming km². Aholisi 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lima shahri. Maʼmuriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peru — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan, unga 2000-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Alexandro Toledo Manrike), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 5 yil muddatga sailanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga kayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashining raisi va uning tavsiyasiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

Sohil qismi eni 80–180 km li tekislik (Kosta), markazi togʻlik (Syerra) va sharqi sernam oʻrmonli togʻ oldi (Selva). Peru maydonining 1/3 kismiga yaqini togʻ. Peru And togʻlari boʻylama vodiylar orqali Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera tizmalariga boʻlinadi. Eng baland joyi 6768 m (Uaskaran togʻi). Janubida Puna yassitogʻligi bor. Neft, mis, polimetall, uran rudalari, kumir, tabiiy gaz konlari topilgan. Peru hududining katta qismi iqlimi — ekvatorga xos va tropik. Yil davomida oʻrtacha temperatura sohilda 15—25°, shimolidagi yassitogʻliklarda 12—16°, janubida 5—9°, tekislikda 24— 29°. Yillik yogʻin togʻlarda 1000 mm, Selvada 3000 mm gacha. Koʻp daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik koʻli — Titikaka. Sohili va togʻ yon bagʻirlari butazor va kaktuszor. Togʻlarning sharqiy yon bagʻri va tekisliklar doim yashil tropik oʻrmonzor.

Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, puma, turli qushlar, sudralib yuruvchilar, guanako, vikunya, maymun, chumolixoʻr, yalqov, tapir va hokazo Daryo va koʻllarida baliq koʻp. Milliy bogʻlari — Manu, Serros-de-Amotane va boshqalar.

Aholisining yarmiga yaqini kechua, aymara indeyslari, qolganlari peru-anlar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar — ispan, kechua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 72%. Yirik shaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Chiklayo, Kusko.

Peru hududi qadimgi. zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarkibiga kirgan. 1532—36 yillarda ispan konkistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543-yil Peru Ispaniyaning vitse-qirolligi deb eʼlon qilindi va yerlar ispan mustamlakachilari oʻrtasida boʻlina boshladi. 1780—83 yillarda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtardi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik yoʻlidagi urushlari (1810—26) davomida 1821-yil Peru mustaqilligi eʼlon qilindi. 1822-yil Peru respublikasi tuzildi va birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1825-yil mamlakatning janubi-sharqiy qis-mi — Yuqori Peru mustaqil Boliviya respublikasi deb atala boshladi. 19-asrning 30-yillari oxiri —40-yillari boshida konservatorlar bilan liberallar oʻrta-sida hokimiyat uchun kurash avj oldi. Peruning Chili bilan urushi (1879—83) oqibatida mamlakat oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. l-jahon urushi vaqtida Peru betaraf turdi. 1933-yil qabul etilgan konstitutsiyada prezident — parlament idora usuli belgilandi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Peru hukumati 1945-yil Germaniya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi.

1948—56 yillarda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Mehnatkashlarning noroziligi kuchayib, hukumatga qarshi keng koʻlamli harakatga aylandi (1950-yil Arekipa shahridagi qurolli qoʻzgʻolon, 1954—55 yillardagi ish tashlashlar va boshqalar). 1956—62 yilda mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikladi. 1963-yil hokimiyat tepasiga chiqqan hukumat islohot dasturini eʼlon qilgan boʻlsada, aslida xalq manfaatlariga zid yoʻl tutdi. 1968-yildagi harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatni qoʻlga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mustaqillik uchun kurash boshladi, tashqi siyosatda mustaqil yoʻldan bordi. 1980-yil oʻtkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topshirildi, mamlakatda konstitutsiyaviy idora usuli tiklandi. 1992-yil aprelda 1980-yilgi konstitutsiya bekor qilin-di, parlament tarqatib yuborildi. 1993-yil yangi konstitutsiya qabul etildi. 2001-yil 3-iyunda boʻlib oʻtgan ovoz berishning ikkinchi davrasi yakunida "Peruning kelajagi uchun" partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylandi. Peru — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 19-dekabrda tan olgan va 1999-yil dekabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 28-iyul — Mustaqillik kuni (1821).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Peruning kelajagi uchun", siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956-yil asos solingan; Xalqxristian partiyasi, 1966-yil tuzilgan; Peru Aprist partiyasi, 1924 i. tashkil etilgan; Peru kommunistik partiyasi, 1928-yil asos solingan; Peru uchun ittifoq partiyasi, 1994-yil tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1956-yil tashkil etilgan. Peru mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1929-yil tuzilgan; Peru mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1992-yil tashkil etilgan.

Peru — konchilik va kayta ishlash sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoatining ulushi 10,7%, qayta ishlash sanoatining ulushi 21,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 13,2%.

Qishloq xoʻjaligida faol aqolining 40% band; dehqonchilik — yetakchi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% oʻtloq va yaylov. Eksport uchun shakarqamish, paxta, kofe, sitrus mevalar, kakao, choy, tamaki, koka bargi yetishtiriladi, ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, bugʻdoy, arpa, maniok, oq joʻxo-ri, kartoshka, loviya va boshqa ekiladi. Goʻsht va jun beradigan chorvachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, shuningdek, lama, alpaka boqiladi, baliqchilik rivojlangan. Ovlangan baliqning koʻp qismidan un va baliq yogʻi ishlab chiqariladi.

Sanoati da turli foydali qazilmalarni qazib olish katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida Peru vismut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur yetkazib berishda salmokli urin oladi. Shu metallarning asosiy qismi Oroya shahridagi polimetall kombinati va Chim-bote shahridagi metallurgiya kombinatida eritiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi zavodlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Oziqovqat va toʻqimachilik tarmoklari rivojlangan. Mashinasozlik (shu jumladan, kemasozlik va avtoyigʻuv), kimyo, rezina, sellyuloza-qogʻoz, koʻn, poyab-zal, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Temir yoʻllar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 70 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari — San-Nikolas, Kalyao, Talara, Chimbote.

Tashqi savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perudan chetga mis, kumush, qoʻrgʻoshin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qandshakar, baliq mahsulotlari, paxta tolasi, jun va boshqa chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, chala tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, keng isteʼmol mollari kel-tiriladi. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — yangi sol.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalar 6 yoshgacha bogʻchada tarbiyalanadi. 9 yillik yagona va bepul umumiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktabi bilan birga xususiy va cherkov maktablari ham bor. 9 yillik maktab umumiy taʼlimdan tashqari meqnat taʼlimi ham beradi. Kechua in-deyslari ona tilida oʻqitiladi. Tijo-rat, hunartexnika, pedagogika va boshqa oʻrta oʻquv yurtlari mavjud. 33 universitet bor; yiriklari: Limada "Sanmarkoye" Milliy universiteti (1551-yil asos solingan), Milliy muxandislik universiteti (1955), Arekipada "San-Agustin" Milliy universiteti (1828) va boshqalar Ilmiy muassasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), Peru til akade-miyasi (1887), Lima geografiya jamiyati (1888), P. atom energiyasi instituti (1945), Boshlangʻich taʼlim tajriba instituti (1940), Peru dengiz instituti (1964) va boshqa Limada Milliy kutubxona (1821), "Sanmarkoye" universiteti va Milliy muhan-dislik universitetining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. madaniyati milliy muzeyi (1946), Antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), "Xavyer Prado" muzeyi va boshqalar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yirik gazeta va jurnallari: "Komersio" ("Savdosotiq", kundalik gazeta, 1839-yildan), "Oxo" ("Diyda", kundalik gazeta, 1968-yildan), "Peruano" ("Perulik", hukumatning kundalik gaz., 1825-yildan), "Republika" ("Respublika", kundalik gazeta, 1982-yildan), "Unidad" ("Birlik", kundalik gaz., 1956-yildan), "Ekspreso" ("Tezkor", kundalik gaz., 1961-yildan), "Ekstra" (kundalik kechki gaz., 1964-yildan); "Alerta agraria", (qishloq xoʻjaligi masalalarini yorituvchi oylikjur., 1987-yildan), "Oyga" ("Tin-glang", haftalik jurnal, 1963-yildan). Axensia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981-yilda tuzilgan. Bosh aloqa boshqarmasi radio va televide-niyeni nazorat qiladi. "Radio nasional del Peru" hukumat mahkamasiga 1937-yil asos solingan. Telekoʻrsatuvlar 1958-yildan olib boriladi.

Adabiyoti ispan, kechua va aymara tillarida. Azaliy xalq ogʻzaki ijodiyoti boy. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mustamlaka davridan avvalgi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-asrda qayta ishlanib, 1853-yilda nashr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni ispan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing "Inklarning shohona sharhlari" kad. tarix va madaniyatga oid asosiy manbadir. 17—18-asrlarda ritsarlikni tarannum etadigan, shuningdek, diniy-falsafiy, maʼrifiy sheʼriyat va nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karshi kayfiyat ifodalandi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy sheʼriyati bilan in-deys folklori anʼanalari birlashib ketdi. "Peru rivoyatlari" degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik eʼlon qilingandan soʻng adabiy hayot jonlandi, milliy teatr uchun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-asr boshi adabiyotida modernizm, simvolizm, Birinchi jahon urushidan keyin avangardizm oqimlari rasm boʻldi. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Argedasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ribeyro, E. Kongrayns Martinning shahar qashshoqlari hayotini tasvirlovchi hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. 70— 90-yillarda shoirlardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. Solari Sueyn, shoir M. Vargas Losa xalq turmushi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peru madaniyati — Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Miloddan avvalgi 10—8-asrlarda madaniy markazlar mavjud boʻlgan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari (jun va ipdan toʻqilgan kashtali gilamlar, oltin, kumush haykalchalar, metall, sopol, zarang idishlar va boshqalar) bizning davrimizgacha saqlangan. Mus-tamlakachilik tartiblari qad. sanʼat rivojiga xalaqit berdi.

Peruda saqlanib qolgan qad. shaharlarda toʻgʻri burchakli kvartallar, tor koʻchalar, qoʻrgʻonlar (Machu-Pikchu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar oʻtkaziladigan amfiteatrlar, pogʻonali ehromlar boʻlgan. 16-asr 2yarmi va 17-asr 1yarmidan toʻgʻri koʻchali yangi shaharlar, yirik shaharlarda yevropacha uslubda cherkovlar bunyod etildi (17-asr 2yarmi va 18-asrda barokko, 19-asrda klassitsizm uslublarida), uylarning ichki tomonini bezashga eʼtibor berildi. 19—20-asrlarda turli uslubda imoratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari meʼmorlar "Yangi perucha uslub" yaratdilar. Lima shahri, Ankon kurorti va boshqa qayta qurildi.

19-asrda zamonaviy rassomchilik rivojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirchilar yetishdi. 20-asr rassomlaridan X. Sabogal, X. Kodesido, xaykaltaroshlaridan K. Sako, I. Poso va boshqalarlar oʻz asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmushini aks ettirdilar, qad. sanʼat anʼanalarini rivojlantirdilar. Peru tasviriy sanʼatida kubizm, ekspressionizm, abstrakt sanʼat keng tarqaldi. Xalk, sanʼatida geometrik shakllar hosil qilib gul toʻqiladigan yomgʻir poʻshlar, sopol idish, haykalchalar, qadama naqsh tushirilgan idish va bu-yumlar yasash rivoj topgan.

Qad. inklar musiqasi pentatonikaga asoslangan boʻlib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan iborat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy rivoyat qoʻshiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qoʻshiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Cholgʻu as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab chalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va boshqa keng tarqalgan. Bular kechua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos boʻlsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyatining taʼsiri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va arfadir; 19—20-asr kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Valye Riyestra, O. Polar, M. Agirre, P. Chaves Agilarni koʻrsatish mumkin. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Gevara Ochoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, Munitsipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor.

Inklar davlati tashkil topishi bilan Peru teatr sanʼati rivojlana boshladi. Qad. teatr tomoshalarining bir necha turi mavjud boʻlib, ular musiqa joʻrligida, xor boʻlib ashula ay-tib ijro etilgan. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mashhur boʻlgan. 1548-yil birinchi dunyoviy tomosha koʻrsatilgan. 17-asrda J. Lelio, G. del Rio truppalari shuhrat qozongan. 1680-yil Limada "Prinsipal" teatri qurildi. "Koliseo de komediya", "Komediya nasonal" va boshqa teatrlarda Perulik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va boshqa yetishib chikdi. 20-asrning 60-yillaridan turli shaharlarda teatr festivallari oʻtkazila boshladi. Limadagi M. A. Se-gura teatri, havaskor aktyorlarning "La Kabanya" truppasi Peru dramaturglarining pyesalarini sahnalashtiradi. Aktyorlari: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va boshqa mashhur. Teatrlar uchun kadrlar Limadagi Milliy drama sanʼati institutida tayyorlanadi.

Kinosi tarixi 1913-yildan boshlangan. Shu yili birinchi film suratga olingan. 20-asrning 30-yillarida milliy ki-nematofafiya shakllandi, Limada birinchi kinofirma vujudga keddi. Keyingi yillarda A. Robles Godoy "Selvada yulduzlar yoʻq", "Koʻk devor", "Sarob", "Uayanaydagi voqea" filmlarini yaratdi. "Yerning kuchi" (rejissyor B. Arias), "Tongdagi ajal" (rejissyor F. Xose Lombardi) filmlari ham dunyo yuzini koʻrdi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Chambining hujjatli filmlarida indeyslar turmushining oʻtkir shktimoiy muammolari koʻtarilgan.[1]

  1. "Peru" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil