Kontent qismiga oʻtish

Fransiya Gvianasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gviana, Fransiya Gvianasi (Guyane) — Janubiy Amerikaning shimolisharqidagi mamlakat. Fransiya mulki ("dengiz ortidagi departamenta"). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-yillar oxirlari), asosan kreol, indeys va negrlar. Axrlisining yarmi Fransiya Gviananing maʼmuriy markazi — Kayenna shahrida yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili.

Fransiya Gviana yassitogʻligining shimolisharqida joylashgan. Yer yuzasining oʻrtacha bal. 300–400 m, eng baland joyi 850 m. Iklimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 3200–3500 mm. Asosiy daryolari: Maroni, Oyapoki. Fransiya Gviana hududining 90%i qimmatbaho yogoch beradigan sernam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Pul birligi — fransiya franki.

Qadimdan Fransiya Gviana hududida ovchilik, baliq ovlash, yovvoyi oʻsimlik mevalarini yigʻish bilan kun kechiruvchi koʻchmanchi indeyslar yashagan. Fransiya Gvianani dastlab 1604 yilda fransuzlar bosib olgan va bu yerda 1634 yilda Kayenna shahrini barpo etgan. Fransiya Gviana hududi 17-asr oʻrtalaridan 19-a boshlarigacha Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Niderlandiya davlatlari oʻrtasida talash boʻlib keldi. 1817 yildan fransuzlar Fransiya Gvianada mustahkam oʻrnashib oldilar. 18-asr oxiridan 20-asr boshigacha Fransiya Gviana fransuz siyosiy mahbuslari surgun qilinadigan joy boʻlgan. 1946 yil 19 martda Fransiya Gviananing mustamlaka maqomi Fransiyaning dengiz ortidagi depertamenti qilib oʻzgartirildi.

Aholining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik. Mahsuloti eksport qilinadigan ekinlardan shakarqamish (asosan rom tayyorlash uchun), kofe, kakao, banan; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar va sabzavot yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Okeandan dengiz hayvonlari, baliq ovlanadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: oltin qazib chiqarish, yogʻoch tayyorlash.

Oltin eksport mollari qiymatining qariyb yarmini, yogʻoch 1/4 qismini tashkil etadi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Chetga krevetka (qisqichbaqaning mayda turi), pushti daraxt ekstrakti, xom teri, balik, moyi chiqaradi. Chetdan qurilish materiallari, yoqilgʻi, matolar, turli jihozlar keltiriladi. Tashki savdo asosan Fransiya bilan olib boriladi. Dengiz va havo yoʻllari orqali Fransiya, Angliya, AQSH va b. mamlakatlar bilan bogʻlangan. Kuru sh. yaqinida Fransiyaning kosmik tadqiqotlar boʻyicha milliy markazi va kosmodrom joylashgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil