2007-yilda Gruziya
|
Ushbu maqola 2007-yilda Gruziyada boʻlib oʻtgan voqea-hodisalar, vafot etgan gruziyalik taniqli shaxslar hamda shu yilgi amaldagi davlat rahbari va bosh vaziri kim ekanligi haqida maʼlumot beradi. Gruziyada 2007-yilda boʻlib oʻtgan voqea-hodisalar haqida bilmoqchi boʻlsangiz, voqealar boʻlimiga qarang.
2007-yilda Gruziyada Abxaziya hududida Gruziya va Rossiya ishtirokida bir qator harbiy hodisalar sodir boʻldi. Abxaziya Gruziyada qisman tan olingan davlat hisoblanadi. Mart oyida Gruziya Rossiyani Abxaziyadagi Gruziya nazoratidagi yagona hudud boʻlgan Yuqori Abxaziyadagi Kodori vodiysiga hujum qilganlikda aybladi. Rossiya esaushbu daʼvolarni rad etib, ularning ushbu hududdagi samolyotlari oʻsha vaqtda faoliyatini toʻxtatganligini aytdi. Avgust oyida Gruziya Rossiyaning Gruziyaga raketa otganini daʼvo qildi. Ushbu daʼvo 2 ta tergov guruhi tomonidan tasdiqlangan, biroq Rossiya tergov guruhi tomonidan eʼtiroz bildirilgan. Shuningdek, avgust oyida Gruziya oʻz nazorati ostidagi Yuqori Abxaziya hududida Gruziyaning havoyoʻllarida Rossiya samolyotlarini urib tushirganini daʼvo qildi. Rossiya bu daʼvoni rad etdi, Abxaziya esa qulagan samolyot Amerika yoki Gruziya samolyoti ekanligini aytdi. Abxaziyada ham biron bir mamlakat tan olmagan saylovlar boʻlib oʻtdi. Prezident Mixail Saakashvili noyabr oyida 2008-yilda oʻtkazilgan saylovlarda ishtirok etish maqsadida isteʼfoga chiqdi hamda gʻalaba qozondi, yana prezident boʻldi va Nino Burjanadzevoning oʻrnini egalladi.
Siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Prezident: Mikheil Saakashvili (25-yanvar 2004-yildan 25-noyabr 2007-yilgacha); Nino Burjanadze (25-noyabr 2007-yildan)
- Bosh vazir: Zurab Noghaideli (17-fevral 2005-yildan 16-noyabr 2007-yilgacha); Lado Gurgenidze (22-noyabr 2007-yildan)
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 4-mart — Gruziya tomonidan noqonuniy deb topilgan hamda boshqa davlatlar tan olinmagan parlament saylovlari Abxaziyada boʻlib oʻtdi.
- 11-mart — 2007-yilda Gruziyada vertolyot hujumi sodir boʻlgan voqea: Gruziya Rossiya havo kuchlarini Kodori vodiysini (Yuqori Abxaziya) oʻqqa tutishda ayblamoqda.
- 10-12-may — Gruziya „Eurovision 2007“ qoʻshiq tanlovida: Sopho Khalvashi Eurovision 2007 qoʻshiq tanlovida ishtirok etadi hamda final bosqichda oʻn ikkinchi oʻrinni egallaydi.
- 7-avgust — 2007-yilgi Gruziya raketa hodisasi: Gruziya Rossiya havo kuchlarini oʻz hududida Radar installyatsiyani nishonga olganlikda ayblamoqda.
- 21zavgust — Gruziyada ziddiyatli maʼlumotlar Abxaziyada samolyot qulashi haqida yangi ayblovlarni keltirib chiqardi.
- 20-sentabr — Boxundjara voqeasi: Gruziya maxsus kuchlari boʻlinib ketgan Abxaziyadagi harbiy oʻquv lageriga hujum uyushtirib, ikki rus oʻqituvchisini oʻldirdi.
- 7-noyabr — 2007-yilgi Gruziyadagi namoyishlar: Politsiya Tbilisidagi hukumatga qarshi namoyishlarni tarqatib yubordi; butun mamlakat boʻylab favqulodda holat eʼlon qilindi.
- 8-noyabr — muddatidan tashqari prezidentlik saylovlari 2008-yil 5-yanvarda boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi.
Vafot etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 20-may — Guram Sharadze (1940-yilda tugʻilgan), gruziyalik tarixchi va siyosatchi.
- 16-noyabr — Goderdzi Chokheli (1954-yilda tugʻilgan), gruziyalik yozuvchi va film rejissor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2007 Timeline. (Wayback Machine saytida 2017-10-08 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2017-10-08 sanasida arxivlangan) Civil Georgia.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |