Kontent qismiga oʻtish

2019-yilgi Kobul masjidi portlashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2019-yilgi Kobul masjidi portlashi
Kabul is located in Afghanistan
Kabul
Kabul
Kabul (Afghanistan)

Kobul masjidi portlashi 2019-yilning 24-may kuni soat 13:20 (GMT 08:50) atrofida masjid imomi va namozxonlar juma namozini oʻqish uchun masjidda boʻlgan vaqtida sodir etilgan. Portlovchi moddalar masjidning imom nutq soʻzlaydigan mikrofoniga joylashtirilgan. Ushbu portlash natijasida kamida uch kishi, jumladan, imom Samiulloh Rayhon halok boʻladi, 20 ga yaqin kishi jarohatlanadi. Hozirgi kunga qadar hech bir guruh yoki shaxs uyushtirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan[1][2][3][4].

Kobuldagi Al-Taqva masjidida 13:20 (GMT 08:50) atrofida portlash sodir etiladi va juma namoziga kelgan oʻnlab namozxonlar ushbu voqea natijasida halok boʻladi, ayrimlari turli darajada jarohat oladi[5][6][7]. Bomba portlashi oqibatida ikki kishi, jumladan, olim Samiulloh Rayhon ham halok boʻladi, shuningdek, kamida 16 kishi yaralanadi[8]. Tolibon mintaqada muntazam hujumlar uyushtirib kelganligi bois[8][5][6], Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nasrat Rahimiy ushbu hujum sababchisi sifatida Tolibonni keltiradi[7]. Biroq Tolibon guruhi vakili Rahimiyning daʼvosini rad etadi[7]. Tolibonning yangi yetakchisi Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda tayinlanganidan keyin dindorlarga hujumlar soni yanada ortadi[7]. Tuman politsiyasi rasmiysi Jan Aghaning aytishicha, bomba masjid imomi Mavlaviy Samiulloh Rayhon nutq soʻzlaydigan masjid mikrofoniga oʻrnatilgan boʻlgan[8].

36 yoshli Samiulloh Rayhon, toʻrt farzandning otasi, „At-Taqvo“ masjidi imomi boʻlgan[7]. U, shuningdek, parlament maslahatchisi va kundalik diniy telekoʻrsatuvning boshlovchisi ham edi[7]. Imomga nisbatan uyushtirilgan ushbu hujumning sababi uning halok boʻlgan afgʻon askarlari oilalarini qoʻllab-quvvatlashi, Tolibonning xudkush portlashlarini qoralashi[7], ayollar huquqlari va Gʻarb harbiy kuchlari va Afgʻoniston hukumati oʻrtasidagi hamkorlik ishlari boʻlgan[7][5][6]. Politsiya zobiti Firdavs Faramarzning aytishicha, portlash masjid rahbari namozni boshlash uchun foydalaniladigan „Al-Taqva“ masjidi mehrobiga yaqin joyda sodir etilgan[5][6].

The New York Times gazetasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyat diniy ulamolar uchun juda ogʻir hisoblanadi, chunki ulamolarning hukumatni qoʻllab-quvvatlashi Tolibon tomonidan, yoki aksincha Tolibonni qoʻllab-quvvatlashi hukumat tomonidan zarar koʻrishiga sababchi boʻladi[7].

Rasmiylar munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident Ashraf Gʻani masjiddagi hujumni terrorchilik harakati sifatida qoralagan.

  1. Sediqi, Abdul Qadir; Farzad, Hameed. „Bomb in Afghan Mosque Kills Senior Cleric During Friday Prayers“. U.S. News & World Report (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  2. Macfie, Nick. „Bomb in Afghan mosque kills senior cleric during Friday prayers“. Reuters (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  3. Gibbons-Neff, Thomas; Abed, Fahim. „Bombing at Afghan Mosque Kills Popular Religious Scholar“. The New York Times (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  4. „Deadly explosion hits mosque in Afghanistan's Kabul“. Al Jazeera English (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Sediqi, Abdul Qadir; Farzad, Hameed. „Bomb in Afghan Mosque Kills Senior Cleric During Friday Prayers“. U.S. News & World Report (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "usn" defined multiple times with different content
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Macfie, Nick. „Bomb in Afghan mosque kills senior cleric during Friday prayers“. Reuters (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ru" defined multiple times with different content
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 7,7 7,8 Gibbons-Neff, Thomas; Abed, Fahim. „Bombing at Afghan Mosque Kills Popular Religious Scholar“. The New York Times (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ny" defined multiple times with different content
  8. 8,0 8,1 8,2 „Deadly explosion hits mosque in Afghanistan's Kabul“. Al Jazeera English (2019-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.