Syorfing 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Oʻtkazilgan inshootlari | Fransuz Polineziyasi, Taiti oroli, Teahupoʻo rifi |
---|---|
Sana | 27-iyul – 5-avgust |
Ishtirokchilar | 48 dan 21 mamlakat |
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Syorfing | ||
---|---|---|
Saralash | ||
Erkaklar | Ayollar | |
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida syorfing musobaqalari 2024-yil 27-iyuldan 5-avgustgacha Fransuz Polineziyasining Taiti orolidagi Teahupoʻo rifida oʻtkazildi[1][2]. Bu olimpiada tarixida mezbonlik qilayotgan shahardan eng uzoq masofada oʻtkazilgan musobaqa boʻldi. Sport turi 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi. Shortbord musobaqalarida jami 48 nafar syorfer (erkaklar va ayollar musobaqalarining har birida 24 tadan) ishtirok etdi[3].
Musobaqa oʻtkazilgan joy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syorfing musobaqasi Tinch okeanining janubidagi Fransuz Polineziyasining Taiti orolidagi Teahupoʻo rifida boʻlib oʻtdi. Orolda syorfing musobaqalari uchun mos mashhur katta toʻlqinlar tufayli mavjud edi. Shu sabablli kontinental Yevropa oʻrniga Taiti hududida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Taiti Parijdan 15 000 kilometr (9 300 mil) uzoqlikda joylashgan, shu sababli syorfing bahslari mezbon shahardan eng uzoq masofada oʻtkazilgan musobaqa boʻldi. Bundan oldingi rekord 1956-yilda oʻrnatilgan edi. Oʻshanda Avstraliyaning Melburn shahrida boʻlib oʻtgan 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ot sporti musobaqalari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida oʻtkazilgan, chunki Avstraliyada chet eldan keltirilgan hayvonlar uchun qatʼiy karantin qoidalari mavjud edi[4].
Syorfing musobaqalari ishtirokchilari Olimpiya qishlogʻi sifatida Taiti yaqinida langar tashlagan M/V Aranui 5 kemasidan foydalandi[5]. Syorfing musobaqasi, shuningdek, tomoshabinlarsiz oʻtkaziladigan yagona tadbir boʻldi[6].
Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parij-2024 saralash tizimida Tokio-2020 uchun foydalanilgan avvalgi formatga asoslanadi. Har bir mamlakatda ikkita erkak va ikkita ayol syorfer kvotasi saqlanib qolgan boʻlsa-da, ISA World Surfing Games 2022 va 2024-yilgi jamoaviy chempionlar uchun ushbu qoidadan ikkita istisno joriy etildi[7].
Musobaqa jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastur ↓ / Sana → | Shan 27 | Yak 28 | Du 29 | Se 30 | Chor 31 | Pay 1 | Jum 2 | Shan3 | Yak 4 | Du 5 | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Erkaklar | R1 | R2 | R3 | Keyinga qoldirildi | ¼ | Keyinga qoldirildi | ½ | F | |||
Ayollar | R1 | R2 | R3 | ¼ |
29-iyul kuni erkaklar oʻrtasidagi musobaqaning 3-raundining oxiriga kelib ob-havo xavfli tus oldi, bu esa ayollar oʻrtasidagi uchinchi raundni qoldirishga majbur qildi. Keyingi ikki kun davomida ham shu vaziyat kuzatildi[10]. Syorfing 1-avgustdan davom etdi. Musobaqa yana 3-4-avgust kunlari toʻxtatildi, yarim final va finallar shartli ravishda 5-avgustga belgilandi[11].
Ishtirok etuvchi davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]21 ta davlatdan jami 48 nafar syorfer saralashdan o‘tdi. Kanada va Meksika ushbu sport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida debyut qildi[12][13].
- Avstraliya (4)
- Braziliya (6)
- Kanada (1)
- Xitoy (1)
- Kosta Rika (1)
- El Salvador (1)
- Fransiya (4) Mezbon
- Germaniya (2)
- Indoneziya (1)
- Isroil (1)
- Italiya (1)
- Yaponiya (4)
- Meksika (1)
- Marokash (1)
- Yangi Zelandiya (2)
- Nikaragua (1)
- Peru (3)
- Portugaliya (2)
- Janubiy Afrika Respublikasi (3)
- Ispaniya (3)
- Amerika Qoʻshma Shtatlari (5)
Medallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Medallar jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]* Mezbon davlat (Fransiya)
Oʻrin | MOQ | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|
1 | Fransiya* | 1 | 0 | 1 | 2 |
2 | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 1 | 0 | 0 | 1 |
3 | Braziliya | 0 | 1 | 1 | 2 |
4 | Avstraliya | 0 | 1 | 0 | 1 |
Jami (4 davlat) | 2 | 2 | 2 | 6 |
Medal sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastur | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
Erkaklar |
Script error: The function "flagXYZ" does not exist. | Script error: The function "flagXYZ" does not exist. | Script error: The function "flagXYZ" does not exist. |
Ayollar |
Script error: The function "flagXYZ" does not exist. | Script error: The function "flagXYZ" does not exist. | Script error: The function "flagXYZ" does not exist. |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tahiti approved as Olympic surfing venue for 2024 Paris Games“. NBC Sports (2020-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Paris 2024 – Surfing“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ Franceschi Neto, Virgilio.. „How to qualify for surfing at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ Butler, Michael; El-Shaboury, Yara. „Paris 2024 Olympics: Macron visits athletes' village and water bottles recalled – as it happened“ (en-GB). the Guardian (2024-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
- ↑ „Take a Tour of the Olympic Surfing Village Cruise Ship (Video)“ (en). Surfer.com (2024-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ https://www.reuters.com/sports/olympics/surfing-olympic-surfers-score-with-awesome-floating-athletes-village-2024-07-26/
- ↑ „International Olympic Committee and ISA Confirm Qualification Process for Surfing Competition at Paris 2024 Olympics“. International Surfing Association (2022-yil 31-may). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Olympic Surfing Schedule — Paris 2024“. International Olympic Committee. 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
- ↑ „Olympic Surfing Schedule & Results — Paris 2024“. International Olympic Committee (2024-yil 1-avgust). 2024-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ „Surfing: Action called OFF for today“. International Olympic Committee (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
- ↑ „Surfing: Finals day called OFF in Tahiti“. International Olympic Committee (2024-yil 3-avgust). Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
- ↑ Rachini, Mouhamad „Riding the wave to history: B.C. teen first Canadian surfer to qualify for Olympics“. www.cbc.ca/radio/. CBC Radio (2023-yil 3-noyabr). — „Surfing made its Olympic debut in the 2020 summer games in Tokyo; 20 men and 20 women from across all continents qualified for those games, but none of them were Canadian. Canada's surfing competition debut will come in 2024 though, thanks to Dempfle-Olin's performance in the 2023 Pan American Games.“. Qaraldi: 2024-yil 30-iyun.
- ↑ Quarnstrom, Evan. „Alan Cleland Becomes First Mexican Surfer to Qualify for the Olympics“. The Inertia (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.