Kontent qismiga oʻtish

Yengil atletika 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yengil atletika
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaStade de France (trek va maydon musobaqalari)
Pont d'Iéna (sportcha yurish)
Hôtel de Ville va Les Invalides (Marafon)
Sanalar2024-yil 1–11-avgust
No. of events48
Ishtirokchilar1,810
← 2020
2028 →

Parijdagi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yengil atletika musobaqalari 2024-yilning 1–11-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 3 ta alohida yoʻnalishda, yaʼni trek va maydon bahslari, yoʻlak musobaqalari va sportcha yurish boʻyicha jami 48 ta medallar jamlanmasi oʻynaladi[1]. Musobaqalar umumiy 4 ta hududda, jumladan, sportcha yurish bahslari Pont d'Iéna koʻprigida, marafon poygalarining start va finish nuqtalari mos ravishda Hôtel de Ville va Les Invalides majmuasida, trek va maydon musobaqalari esa Stade de France stadionida oʻtkaziladi.

Sportchilar erkaklar va ayollar oʻrtasida bir xil miqdorda taqsimlangan musobaqa medallari uchun oʻyin olib boradilar. Olimpiya oʻyinlari tarixida ilk marotaba aynan ushbu musobaqada medallar har ikki jins vakillari oʻrtasida teng taqsimlandi. Gender tengligini saqlash maqsadida erkaklar oʻrtasida 50 kilometrga yugurish bahslari oʻrnida sportcha yurish boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida aralash marafon estafeta oʻyinlari oʻtkaziladi[2].

Yengil atletika dasturidagi yana bir muhim oʻzgarish sifatida 200 metrdan 1500 metrgacha boʻlgan barcha yakka tartibdagi trek bahslari va toʻsiqlar osha yugurish musobaqalaridan (erkaklar oʻrtasida 110 m, ayollar oʻrtasida 100 m va 400 metrga aralash) keyin qoʻshimcha tur oʻtkaziladi. Bu oʻzgarish ishtirokchilar uchun keng imkoniyat beradi va ular yarim final bosqichiga chiqish uchun ikkinchi imkoniyatga ega boʻladilar. Avvalgi formatga koʻra, 1-davra bahslarida toʻgʻridan-toʻgʻri saralash oʻyinlaridan (S) tashqari umumiy eng tez koʻrsatkichlarni qayd etgan (s) sportchilar keyingi davraga yoʻl olishgan edi[3].

Sport inshootlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trek va maydon yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar Stade de France stadionida, sportcha yurish bahslari esa Pont d’Iena koʻprigida boʻlib oʻtadi[4]. Marafon poygalari Hôtel de Ville shahar hokimiyatida boshlanib, Les Invalidesda majmuasida tugaydi. Marafon ishtirokchilari shaharning eng koʻzga koʻringan joylari va Olimpiya oʻyingohlarini boʻylab yugurishadi[5].

Parij –2024 musobaqalariga qadar barcha yoʻlak bahslari (marafonlar va sportcha yurish) ertalab oʻtkazilib kelingan. Biroq 2012-yilda Londonda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlaridan beri birinchi marta barcha yoʻlak, maydon va aralash oʻyinlar kechki seansda oʻtkazilinadi[6]


1984-yilgi Los-Anjelesda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlaridan beri 40 yil ichida Olimpiya tarixida ayollar oʻrtasida marafon bahslari birinchi marotaba yengil atletika dasturining oxirgi kunida oʻtkaziladi. Kanoe slalom boʻyicha 3 karra Olimpiada chempioni, Parij–2024 oʻyinlarini tashkil etish qoʻmitasi prezidenti Tony Estanguet shunday taʼkidlagan: "Biz gender tengligini oshirish va birinchi marotaba ayollar sportini ham eʼtiborga olish maqsadida odatdagi tartibni oʻzgartirishni xohladik. Shu sababli ayollar marafoni aynan 11-avgust kuni oʻtkaziladi[7].

Jadval[6][8]
Erkaklar
Sana 1.10 2.10 3.10 4.10 5.10 6.10 7.10 8.10 9.10 10.10 11.10
Musobaqa M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E
100 m P H ½ F
200 m H R ½ F
400 m H R ½ F
800 m H R ½ F
1500 m H R ½ F
5000 m H F
10,000 m F
110 m toʻsiqlar osha H R ½ F
400 m toʻsiqlar osha H R ½ F
3000 m toʻsiqlar osha H F
4 × 100 m estafeta H F
4 × 400 m estafeta H F
Marafon F
20 km sportcha yurish F
Balandlikka sakrash Q F
Tayanib sakrash Q F
Uzunlikka sakrash Q F
Uch hatlab sakrash Q F
Yadro uloqtirish Q F
Disk uloqtirish Q F
Bolgʻa uloqtirish Q F
Nayza uloqtirish Q F
Dekatlon F
Ayollar
Sana 1.10 2.10 3.10 4.10 5.10 6.10 7.10 8.10 9.10 10.10 11.10
Musobaqa M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E M E
100 m P H ½ F
200 m H R ½ F
400 m H R ½ F
800 m H R ½ F
1500 m H R ½ F
5000 m H F
10,000 m F
100 m toʻsiqlar osha H R ½ F
400 m toʻsiqlar osha H R ½ F
3000 m toʻsiqlar osha H F
4 × 100 m estafeta H F
4 × 400 m estafeta H F
Marafon F
20 km sportcha yurish F
Balandlikka sakrash Q F
Tayanib sakrash Q F
Uzunlikka sakrash Q F
Uch hatlab sakrash Q F
Yadro uloqtirish Q F
Disk uloqtirish Q F
Bolgʻa uloqtirish Q F
Nayza uloqtirish Q F
Yettikurash F
Aralash
Sana 2.10 3.10 7.10
Event M E M E M E
4 × 400 m estafeta H F
Marafon estafeta F
  1. „Paris 2024 – Athletics“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  2. Houston, Michael. „Mixed team race walking to debut at Paris 2024 Olympics“. Inside the Games (2021-yil 11-iyun). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  3. „World Athletics to introduce repechage round at Paris 2024 Olympic Games“. World Athletics (2022-yil 25-iyul). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  4. „Paris 2024 – Athletics“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  5. „Paris 2024 marathon route revealed: A challenging race through history and incredible monuments“. International Olympic Committee (2022-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Olympic Games Paris 2024 sports calendar released“. International Olympic Committee (2022-yil 1-avgust). 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  7. „Paris 2024 marathon route revealed: A challenging race through history and incredible monuments“. International Olympic Committee (2022-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  8. „Paris 2024 Olympic Competition Schedule – Athletics“ (PDF). Paris 2024 6–9. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.