2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 2024-yilning 5–8-avgust kunlari FransiyaningParij shahrida joylashgan Stade de France stadionida toʻrt turda boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqalar Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan 29-marotaba oʻrin oldi. Jami 48 nafar sportchi ushbu musobaqalarga yoʻllanmalarni va reyting natijalariga koʻra oʻyinlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Bundan avvalgi Olimpiadada ketma-ket 6 ta oʻrinni egallagan barcha sportchilar Parij Olimpiadasida ishtirok etdi. Jumladan, ketma-ket 3 ta jahon chempionatida gʻalaba qozongan sportchi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibi Noah Lyles ushbu musobaqa favoriti boʻldi. Amaldagi chempion Andre De Grasse 2016 va 2019-yilgi jahon chempionatlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sohibi Kenny Bednarek ham 2022-yilda Lylecdan keyin 2-oʻrinni egallagan edi, ammo 2023-yilda 5-oʻringa qolib ketdi. 2021-yilda 4-oʻrinni egallagan, hozirda 20 yoshda boʻlishiga qaramay, ancha tajribali boʻlgan sportchi, 2022-yilda 3, 2023-yilda 2-oʻrinni egallagan atlet Erriyon Knighton ham musobaqalarda ishtirok etdi. Sportchi nafaqat 200 metrga yugurishda, balki 2023-yilda 100 metrga yugurish bahslarida ham gʻalaba qozondi. Parij Olimpiadasida esa atlet oʻzining eng yuqori natijasini qayd etdi. 2021-yilgi musobaqada 5-oʻrinni egallagan Jozeph Fahnbulleh bu musobaqada start chizigʻidan yomon chiqdi. 2023-yilda oʻtkazilgan yengil atletika musobaqasi bronza medali sohibi Letsile Tebogo marraga juda qisqa masofalar qolganda Lylesdan oʻzib ketishga va gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. 400 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordchisi va 2016-yilgi Olimpiya chempioni Wayde van Niekerk esa oʻyinlarga XOQ tomonidan berilgan maxsus wild card orqali ishtirok etdi.
Birinchi yarim finalda Bednarek masofani 20.00 soniyada bemalol bosib oʻtdi, Alexander Ogando esa De Grasseni quvib oʻtdi. Ikkinchi yarim finalda esa Tebogo Lylesni 19,96 soniya bilan magʻlub etdi. Knighton va Fahnbulleh 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, van Niekerk soʻnggi oʻrinda qolib ketdi. Umumiy qayd etilgan vaqt koʻrsatkichlariga koʻra saralash bosqichidan oʻtgan har ikkala sportchilar ham ZimbabvedanTapiwanashe Makarawu va Makanakaishe Charambalar edi[2].
Finalda eng tez startdan chiqqan sportchi Tebogo boʻldi, Lyles esa undan 0,1 soniyaga ortda qoldi. Bednarek Tebogo ustidan 0,05 soniya oldinga chiqib olish uchun aylanma boʻylab harakatlandi. Bednarek va Tebogo aylanma yoʻlak boʻylab toʻgʻridan-toʻgʻri yonma-yon kirib bordi, Lyles esa ulardan biroz orqada qoldi. Shundan keyin Tebogo tezlikni oshirdi. Finish chizigʻiga yetib borgunga qadar Lylesning tezligi tushib ketdi. Sportchi 3-oʻrinni egallash uchun Knighton bilan raqobat olib bordi. Ushbu musobaqada 2, 3 va 4-oʻrin sohiblari avvalgi Olimpiada oʻyinlarida ham aynan shu oʻrinlarni egallagan edi, biroq 1-oʻrin sohibi bu safar Tebogoga nasib qildi[3].
Tebogo Afrikaning yangi rekordini oʻrnatib, mintaqa tarixida eng yaxs eng yaxshi natijalarni qayd etgan beshinchi sportchiga aylandi. Shuningdek, Bednarek va Lyles Olimpiya tarixidagi 200 metrga yugurish bahslarida eng tez natija koʻrsatgan kuchli oʻntaligiga kiruvchi natijalarni qayd etdi[4].
Musobaqadan soʻng Lyles yoʻlakda yiqilib qoldi va uni nogironlar aravachasida olib ketishdi. Keyinchalik, ikki kun oldin COVID-19 uchun topshirgan analizlari ijobiy chiqqanligi maʼlum boʻldi. Bu esa sportchining natijalariga salbiy taʼsir oʻtkazmay qolmadi[5]. Keyinchalik Lyles 4x100 va 4x400 metga estafeta poygalarida qatnashmasligini maʼlum qildi[6].
Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 1900-yildan beri Yozgi Olimpiya oʻyinlarining yengil atletika dasturidan oʻrin olib kelmoqda. Amaldagi Olimpiya chempioni esa kanadalik Andre De Grasse hisoblanadi.
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi jahon rekordlari
Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish boʻyicha saralash musobaqalari 2023-yilning 1-iyulidan 2024-yilning 30-iyuniga qadar oʻtkazilgan[10]. Jami 48 nafar sportchi, jumladan, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun shart boʻlgan 20.16 soniya yoki undan tezroq natijani qayd etgan, jahon reytingida yuqori oʻrinda turuvchi, har bir mamlakatda koʻpi bilan 3 nafar sportchi Parij Olimpiadasida ishtirok etdi[10].