44 kun
Asl nomi | 44 gün |
---|---|
Muallif(lar) | Xosiyat Rustamova |
Muharrir(lar) | Ganira Pashayeva |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til |
Oʻzbekcha Ozarbayjon tili |
Nashr etilgan sanasi | 2021 |
Sahifalar soni | 140 |
„44 kun“ – shoira va tarjimon Xosiyat Rustamovaning sheʼriy doston, maqola va kundaliklar iborat asari. Asarning asosiy mavzusi Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida yuz bergan 44 kunlik urushdir[1].
Nashr etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar 2021-yil Oʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan nashr etilgan. Kitobga Ganira Pashayeva va shoir-tarjimon Faxriyor adabiy maslahatlar berishgan.
Mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar VI qismdan iborat. Birinchi qism „Ismi Lola edi u qizning“ dostoni bilan boshlanadi. Shundan soʻng unda „44 kunlik notinch kunlar“, „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ kabi boʻlimlar mavjud. Shuningdek, kitobning „Tushlarimga kirar Qorabogʻ“ boʻlimida zamonaviy ozarbayjon yozuvchilari Xosiyat Rustamovaga bagʻishlangan xotiralarini yozib qoldirishgan. Soʻnggi boʻlim shoiraning tarjimai holiga bagʻishlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekistonning taniqli shoirasi, Ozarbayjonning yaqin do'sti Xosiyat Rustamga bag'ishlangan tadbir va “Xosiyat” hujjatli filmining taqdimoti bo'lib o'tdi.“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
- ↑ „Gədəbəydə özbəkistanlı şairin “44 gün” adlı kitabının təqdimatı keçirilib“ (az). https://azerbaijan-news.az (1970-yil 1-yanvar). 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.