Aʼyan al-Jaxzaniy
Qiyofa
Aʼyan al-Jaxzaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | hijriy 354-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shayx |
Aʼyan ibn Jaʼfar ibn al-Ashʼab al-Jaxzaniy as-Samarqandiy – fozil va mukarram shayx bo‘lgan. Uning qiziqarli kitoblari bo‘lgan. Kesh yo‘lida rabot qurgan va yo‘qolgan o‘ljalarning bir qismini unga vaqf qilgan. Ali ibn Isʼhoq al-Hanzaliy as-Samarqandiy tasnif qilgan „Kitobu-l-mushofahot“ („Og‘zaki suhbatlar kitobi“)ni aytib bergan. U ulamolardan, undan esa boshqalar hadis rivoyat qilganlar.
Aʼyan al-Jaxzaniy taxminan hijriy 354-yilda vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 51-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |