AK trollari
AK Trollari (turkcha: AK Trol, AK Troller) internetdagi anonim siyosiy sharhlovchilar va „trollar“. Turkiyaning Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) foydasiga internetdagi oddiy xalq uchun uyushtiriladigan manipulyatsiya jarayonlarida qatnashishadi[1]. 2020-yilda Twitter Safety Adolat va taraqqiyot partiyasini (AKP) qoʻllovchi 7340 ta hisob faoliyatini bloklab qoʻygan.
Maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]AK trollari 2013-yilda[2] Gezi bogʻidagi norozilik namoyishlaridan soʻng paydo boʻlgan. Namoyishchilar hukumatga va Rejep Tayyip Erdogʻanga qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan. Bunga javoban AKP partiyasi, AKP muxoliflari deb belgilangan shaxslarga qarshi tashviqotni uyushtirish uchun „Yangi Turkiya raqamli idorasi“ deb nomlanuvchi ijtimoiy media jamoasiga 6000 kishini yollagan[3].
Metodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]AK trollari ijtimoiy tarmoqlardan (yaʼni Facebook, Twitter, Ekşi Sözlük)[4] uyushgan tarzda AKPni targʻib qilish[5], muxolifatni obroʻsizlantirish, internetda ular haqida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish uchun foydalanishadi. CHP va HDP deputatlari AK trollari ustidan tergov boshlashni soʻrashgan[6][7].
AK trollari soxta Twitter trendlaridan muxolifatga qarshi tashviqotlarni boshlash uchun vosita sifatida foydalanadilar. Lozannadagi Shveysariya Federal Texnologiya Instituti (EPFL) tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Turkiyadagi Twitter trendlarining kamida 47 foizi soxta hisoblar yordamida yaratilib mashhurlikka chiqariladi. Maʼlum qilinishicha, 2019-yilda 6500 ta soxta trendlar yaratilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Leo Benedictus. „Invasion of the troll armies: 'Social media where the war goes on' | Media“. The Guardian. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ Jonathan Okun. „Cybersecurity Strategy Advice for the Trump Administration: US-Turkey Relations - The Henry M. Jackson School of International Studies“. Jsis.washington.edu (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Turkish journalists face abuse and threats online as trolls step up attacks | World news“. The Guardian (2016-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Mapping Turkey's Twitter-troll lynch mobs“. The Daily Dot (2015-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Erdoğan attends 'Ak troll' wedding, chats with well-known suspect - POLITICS“. Hurriyetdailynews.com (2011-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „'AkTroller' hakkında soru önergesi“. Birgun.net (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Turkish journalists face abuse and threats online as trolls step up attacks | World news“. The Guardian (2016-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ Elmas, Tuğrulcan; Overdorf, Rebekah; Özkalay, Ahmed Furkan; Aberer, Karl (2021). "Ephemeral Astroturfing Attacks: The Case of Fake Twitter Trends". 6th IEEE European Symposium on Security and Privacy (Virtual: IEEE). Archived on 11 Mar 2021. Andoza:Citation error. https://arxiv.org/abs/1910.07783. Qaraldi: 29 Mar 2021.AK trollari]]