Kontent qismiga oʻtish

Abaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abaqaxondan yoʻnaltirildi)
Abaqa
Tavalludi 27-fevral 1234
Vafoti 1-aprel 1282[1]
Fuqaroligi Moʻgʻullar davlati
Otasi Huloku

Abaqa, Abaqaxon (1234.3, Moʻgʻuliston – 1282.1.4, Shaxu) – elxon, hulo-kuiylardan boʻlgan Eron hukmdori (1265-82). Eronga 1256-yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan soʻng elxon etib saylangan, lekin ulugʻ qoon Xubilay tomonidan faqat 5 yildan soʻnggina tasdiqlangan. Misr mamluklari bilan olib borilgan urushni besa-mara davom ettirgan. 1266-yil A. Shimoliy dan Dashti Qipchoqdan boʻladigan hujumni qaytarish maqsadida Kura daryosining shim. qirgʻogʻida mudofaa devori bunyod etishga buyurgan; Kavkaz xalqlari uning vaziri Shamsiddin tomonidan 1278-yil tobe ettirilgan. Umumiy dushmanni bar-taraf qilish uchun Abaqa mamluklarning dushmanlari boʻlgan yevropalik xristi-anlar bilan aloqa bogʻlashga uringan; uning elchilari 1274-yil Lion, 1277-yil Rimda boʻlgan. Yevropada bu saʼyhara-katlar xursandchilik bilan qabul qilingan. Abaqa Angliya qiroli Eduard I (1274) va papalar Klement IV (1267), Grigoriy X (1274) va Nikolay III (1277) lardan noma olgan. A. 1265-yil yunon malikasiga uylangan. Biroq Misrga qarshi umumiy yurish amalga oshmagan. Mamluklar Kichik Osiyoning bir qis-mini qisqa muddatga bosib olishga erishganlar (1277) va Elbiston yonidagi jangda moʻgʻul qoʻshinyni tor-mor qilganlar. 1280-yil moʻgʻullar Suriyaga bosib kirib Halabni vayron etishgan. Biroq 1281-yil Abaqaning ukasi Mangu Temur Xama va Xims oraligʻida mamluklardan qattiq zarbaga uchragan. Abaqa qoʻshinlari Sharqda aksincha muvaffaqiyatli kurash olib borganlar. 1270-yil mamlakatga bostirib kirgan Baroq boshchiligidagi Chigʻatoy ulusi qoʻshinlari Hirot yaqinida tor-mor etilgan. Bunday bosqinlarga barham berish uchun Abaqa 1273-yil Movarounnahrdagi tartibsizliklardan foydalanib Buxoro shahrini vayron qilishni buyurgan[2].

  1. (unspecified title)
  2. Bartold V. V., Abaka, Sochineniya, t.7, M., 1971.