Abatbay Daniyarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abatbay Daniyarov
Abatbay Saparbayevich Daniyarov
 Nukus shahar hokimi
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-avgust 1987-yil (1987-08-07) (36 yosh)
Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi ingliz tili oʻqituvchisi
Maʼlumoti Nukus davlat pedagogika instituti
Mukofotlari

Abatbay Saparbayevich Daniyarov (1987-yil 7-avgust, Nukus) — ingliz tili oʻqituvchisi, davlat arbobi va siyosatchi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengesi deputati.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yil 7-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 2008-yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ingliz tili oʻqituvchisi.

Mehnat faoliyatini Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Kengashida yetakchi mutaxassis lavozimida boshlagan. Ushbu tashkilotda bir necha yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. 2022-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[1].

2023-yil 26-iyulda Nukus shahri hokimi etib tayinlandi[2].

2016-yilda „Shuhrat“ medali, 2021-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]