Abay koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Mahallalar |
Shayxontohur mahallasi Oʻrda mahallasi Xadra mahallasi Jangoh mahallasi Jangoh dahasi Labzak dahasi Xadra dahasi Oʻrda dahasi |
Uzunligi | 970 m |
Avtobuslar | 17, 29, 35, 43, 100, 123 |
Yoʻnalishli taksilar | 27m, 77, 91m, 113m, 167, 190, 52m, 91m |
Kim sharafiga nomlangan | Abay Qoʻnonboyev |
Kesishgan koʻchalari |
Zulfiyaxonim koʻchasi Abdulla Qodiriy koʻchasi Alisher Navoiy koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Turonbank banki 48-sonli Oilaviy Poliklinika Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyati filiali |
41°19′31″N 69°15′18″E / 41.32528°N 69.25500°E
Abay koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. Abay koʻchasi qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Koʻcha Shayxontohur tumanida joylashgan.
Tarixi va nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻchaning nomi qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan nomlangan[1].
2011-yilda Navoiy koʻchasidan boshlanib va Abay koʻchasidan ham oʻtgan mashhur Navoiy bozori "Malikaga" koʻchdi. Bu yerda asosan zamonaviy texnika va telefonlar sotilib borilgan edi. Koʻchgan yerda biroz vaqt oʻtib yangi uylar qurildi va keyinchalik Tashkent City markazi barpo etildi[2].
Abay koʻchasining soʻngida Qozogʻiston elchixonasi va Abay Qoʻnanboyevga haykal joylashgan. Yangi elchixona va haykal yozning 2013-yilida, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashrif buyurgan vaqtda ochilgan edi. Davlatlar oʻrtasida yangi elchixonalar qurilishi Qozogʻistonning poytaxti Ostonada 2010-yilda Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev orasida kelishilib olingan edi[3].
18-oktabrning 2019-yilida Lacetti rusmli avtomobil haydovchisi yoʻl harakati politsiyasi inspektorini urib ketdi. Jarohat olgan xodim shifoxonaga yotqizildi[4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abay koʻchasi shimoldan Alisher Navoiy va Bobir Zokirov koʻchasining yakunidan boshlanib Zulfiyaxonim koʻchasigacha choʻziladi. Abay koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi oʻtadi.
Mashhur binolar va inshootlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abay koʻchasi Toshkentning markaziy koʻchalarida joylashgani binoan bu yerda koʻplab bino va inshoatlar joylashgan.
Juft tomondan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turonbank banki
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyat filiali
Toq tomondan
[tahrir | manbasini tahrirlash]48-sonli Oilaviy Poliklinika Salvia restorani
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Auezov M.O., Abay Kunanbayev. Stati i issledovaniya, Alma-Ata, 1967
- ↑ „Навоийская ярмарка переезжает“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ „Gazeta.uz“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ „Gazeta.uz“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.