Zulfiyaxonim koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Uzunligi | 2.3 km |
Avvalgi nomlari |
Labzak koʻchasi Xurshid koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Zulfiya |
Koʻchada joylashgan binolar |
Labzak mavzesi va Janggoh mavzesi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining akademik litseyi |
Zulfiyaxonim koʻchasi — Shayxontohur tumani hududida. Xurshid va Gʻafur Gʻulom koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,3 km atrofida.
XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Avval Labzak koʻchasi nomi bilan yuritilgan. 1964-yil 10-noyabrda Xurshid nomi berilgan. 2000-yil 24-fevralda Xurshid koʻchasining Shayxontohur tumani kismiga Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim nomi berilgan. Shayxontohur va Abay koʻchalari bilan kesishadi. 1999-yil ushbu koʻchada mon talablari asosida keng qamrovli rekonstruksiya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Koʻcha kengaytirilib, Gʻafur Gʻulom koʻchasiga olib chiqildi[1].
Yoʻnalishida Labzak va Janggoh mavzelari, Anhor kanali, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining akademik litseyi, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari, bank, uyjoy mulkdorlari shirkati, servis xizmati koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, firma va tashkilot ofislari mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.