Kontent qismiga oʻtish

Abbos III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbos III
 Safaviylar sulolasi hukmdori
Mansab davri
1732-yil – 1736-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1732-yil
Vafoti 1740-yil[1]
Fuqaroligi Safaviylar davlati
Ota-onasi

Abbos III (forscha: شاه عباس سوم) (1732–1740) – Safaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi fors shohi. Abbos shoh Taxmasp IIning oʻgʻlidir.

1732-yilning avgustida yirik Eron sarkardasi Nodirshoh Taxmaspni taxtdan agʻdarib, sakkiz oylik oʻgʻli Abbos III ni yangi shoh deb eʼlon qilib, uning qoʻl ostidagi davlatning haqiqiy hukmdori boʻlgan. 1736-yilning martida Nodirshoh Abbos IIIni ham taxtdan agʻdarib, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Abbos Sabzavordagi otasi Tahmaspning zindoniga tashlangan.

1740-yilda Xuroson hokimi Rizoquli Mirzoning buyrugʻi bilan Nodirshohning toʻngʻich oʻgʻli sakkiz yoshli Abbos otasi Tahmasp bilan birga hibsda oʻldirilgan.