Kontent qismiga oʻtish

Safaviylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Safaviylar imperiyasi
Davlati Qizilbosh

imperiya

 

 

 

 

1501 — 1736



 

 

 

Bayroq (1576–1732) Arslon va Quyosh: Safaviylar davlat bayrog'ida Alini ifodalovchi arslon, shia dinining shon-shuhratini quyosh bilan birga

Abbos I davrida Safaviylar imperiyasi.
Poytaxti Tabriz,Qazvin,Isfahon
Til(lar)i ozarbayjoncha, forscha
Dini Shialik
Pul birligi Tuman, Abbosiy, 1 tuman = 50, Abbosiy, 1 tuman = 50 fransuz livri, 1 tuman = £3
Maydoni 2900000
Boshqaruv shakli Irsiy monarxiya
Sulola Safaviylar
 - 1501—1524 Shoh Ismoil Safaviy (birinchi)
 - 1732—1736 Abbos III (oxirgi)
Tarix
 -  1726—1729 Nodirshohning hukumatni egallashi

Safaviylar davlati - Gʻarbiy Osiyoda safaviylar boshqargan davlat (15021736). Ardabil hukmdori Ismoil Oq Qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-yil Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmosb I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-yil Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni Shayboniylar davlati tarkibiga qayta qo'shib oladi. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun Usmonlilar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. 1576-yil Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. 1590-yilda Abbos I va Usmoniylar imperiyasi o'rtasida imzolangan Istanbul sulhiga ko'ra, turklar Safaviylardan Ozabayjon (Tabriz bilan birgalikda), Gruziya, Kurdiston, Luriston, Xuziston hududlarini tortib olishadi. Shuningdek, XVI asr so'ngida Abdullaxon II hukmronligida yirik mazlashgan kuchga aylangan Buxoro xonligi Safaviylardan Xurosonni qaytarib olishda. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1598-yil Xurosonni Buxoro xonligidan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. 1598-yilda Safaviylar poytaxti Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 16031607-yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Usmonlilardan qaytarib olingan. 1623-yil Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozga uchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-yil uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini birlashtirgan. Safaviylarning afgʻonlar va usmonlilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodirshoh safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil