Kontent qismiga oʻtish

Oq qoʻyunlilar davlati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oq qoʻyunlilar davlati — 15-asr boshida barpo etilgan davlat. Uzun Hasan davrida (145378) Oq qoʻyunli oʻzlarining asosiy dushmanlari — Qora qoʻyunlilar davlatini tor-mor etganlar (1468). Armaniston, Ozarbayjon, arab Iroqi va Gʻarbiy Eronni egallab, Tabriz shahrini poytaxt qilishgan. Uzun Hasan Usmonli turk saltanati bilan muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Shuningdek, Gruziya bilan ham urushgan (1477). 148997 yillarda soliq islohoti oʻtkazishga harakat qilingan, lekin u mulkdorlarning qarshiligiga uchragani sababli natijasiz tugagan. 16-asr boshida Oq qoʻyunli davlati Ismoil /Safaviy boshchiligidagi kizilboshlilar tomonidan tor-mor etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil