Abdi Darun
Abdi Darun | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Qozi |
Abdi Darun — IX asrda yashab Samarqand qozisi sifatida faoliyat yuritgan.
Abdi Darun Muhammad (s.a.v.)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi Berunning oʻgʻli. Laqabi „Xojai Ganj-ravon“. Qabri Samarqand shahri ichida boʻlgani uchun, dafn etilgan joy shunday atalgan. Abdi Darun Samarqand qozisi boʻlib, adolatli boʻlgani uchun xalq orasida shuhrat qozongan. Xoja Abdi Darun maqbarasi Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XII a. — XV a.ning 1-yarmi). Samarqand qalʼa devorining sharqiy tomonida (darun — ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino — xonaqoh (XV asr.) bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devor bezaklari Mirzo Ulugʻbek davri meʼmorchiligi mahsuli ekanligidan darak beradi. Xonaqoh ichida Abdi Darunning qabri bor. Xoja Abdi Darunni „Xojai Kunj“ deb ham ataganlar. Abdi Darunning qabri atrofida turli binolar paydo boʻlib, meʼmoriy ziyoratgohga aylangan. Ziyoratxona — jamoatxona masjid vazifasini oʻtagan. Taʼmirlash natijasida maqbara binosining dastlabki qiyofasi oʻzgarib ketgan. Hovli oʻrtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida boʻlgani uchun ham uning suvi qishin-yozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofidagi hujralar va gʻarb tomondagi jome masjid XIX asrga oid[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |