Abdon al-Marvaziy
Abdon al-Marvaziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 835-yil (hijriy 220-yil) |
Vafoti |
milodiy 906-yil (hijriy 293-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, shofeʼiy faqihi |
Abdon al-Marvaziy (arabcha: عبدان المروزي – Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Iso al-Junujirdiy al-Marvaziy) – muhaddis, shofeʼiy faqihi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdon laqabi bilan tanilgani uchun koʻpgina manbalarda Abdon ibn Muhammad deb zikr qilingan. Xurosondagi muhaddislardan hadis saboqlarini olgach, Iroq va Hijozga boradi. U yerda Qutayba ibn Saʼid, Ali ibn Hujr va Abu Kurayb kabi allomalardan hadis oʻrganadi. Muhaddislar nazdida siqa. Hijozdan Misrga borib, Imom ash-Shofeʼiyning shogirdlaridan shofeʼiy fiqhidan tahsil oladi va keyinchalik yurtiga qaytadi. Marv shahri muftiysi boʻlgan. U Xurosonda shofeʼiy mazhabi yoyilishiga oʻz hissasini qoʻshgan faqih Ahmad ibn Sayyordan keyingi oʻrinda turuvchi alloma hisoblanadi. Ibn Sayyorning vafotidan soʻng, shofeʼiylar turli mavzulardagi masalalar yechimida Abdon al-Marvaziygagina murojaat qilganlar. Shofeʼiy mazhabi imomlaridan boʻlgan Ibrohim ibn Ahmad al-Marvaziy fiqh ilmini Abdon al-Marvaziydan taʼlim olgan. Shuningdek, Yahyo ibn Muhammad al-Anbariy, Abu Ahmad al-Assoiy va Abu-l-Qosim at-Tabariy kabi zamonasining mashhur olimlari unga shogird boʻlganlar.
Abdon al-Marvaziy qabri Marvda, Abdulloh ibn Muborak maqbarasi qarshisida joylashgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Kitāb al-maʼrifa“
- „Kitāb al-muvatto“[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Xatib. Tarӣx Bagʻdād. – Qohira: 1931. XI, 135;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydarobod: 1375-77/1955-58. II, 687-688;
- As-Subkiy. Tabaqāt. – Qohira: 1383-96/1964-76. II, 297-298;
- Al-Kattoniy. Ar-Risāla al-mustatrafa. – Damashq: 1964. 126-127;
- Ibn Qozi Shuhba. Tabaqāt ash-shāfi’iyya. I, 105;
- Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. 1957-63. VI, 232;
- Ali Yardim. „Abdân el-Mervezî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 67.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |