Kontent qismiga oʻtish

Muhaddis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muhaddis (arab. - hadis rivoyat qiluvchi) - hadislarni toʻplash, saralash va sharhlash bilan shugʻullangan ilohiyotchi. Muhammad (S.A.V) vafotidan keyin hadislarni toʻplash keng aʼnanaga aylana boshlanishi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada uxtisoslashgan va ular muhaddislar deb nom olgan. Hadis toʻplamlari islom anʼanasida eʼtibor qozonib, muhaddislar (mas., Imom al-Buxoriy, Muslim ibn alhajjoj, Ibn Moja va boshq.) islom tarixida mashhur boʻlib ketgan.