Kontent qismiga oʻtish

Halol va harom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haromdan yoʻnaltirildi)

Halol va harom - ijobiy yoki salbiy deb baholanadigan diniy, axloqiy-huquqiy normalar. Halol ("erkin", "bogʻlanmagan") — shariatda musulmonlar uchun ruxsat etilgan xatti-harakatlar va ishlar, toza va pok hisoblangan oziq-ovqatlar. Qurʼ-on va hadisga koʻra, suv, sut, non, meva va uning sharbatlari, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib soʻyilgan halol hayvonlar va halol qilingan taomlar, kiyishga ruxsat berilgan kiyimlar haloldir. Halol mehnatdan topilgan mulk, meros, hadya qilingan narsa, ikki tomon roziligi bilan boʻlgan tijorat tufayli qoʻlga kiritilgan mablagʻ halol boʻladi. Shariatda halol hisoblangan narsani harom degan odam kofir hisoblanadi.

Harom ("man qilingan", "taqiqlangan") — shariatda musulmonlar uchun qatʼiy taqiqlangan xatti-harakatlar, ishlar, yeyish man qilingan oziqovqatlar. Halolning ziddi. islom diniga koʻra, nohaq odam oʻldirish, araq va boshqa mast qiluvchi ichimliklar ichish, choʻchqa goʻshti yeyish, oʻlimtik hayvonlar goʻshti, Allohning ismi aytilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshti, qimor, oʻgʻirlik, yolgʻon gapirish, birovning haqqini yeyish, odamlarni haqorat qilish, ularga yomon nom qoʻyish, orqasidan gʻiybat qilish, tuhmat, girromlik, fohi-shalik, zinokorlik, oʻz soʻzini, ichgan qasamini buzish, sudxoʻrlik, poraxoʻrlik, shariat man qilgan yoʻl bilan qilingan savdosotikdan topilgan har qanday mol-mulk va shahrik. haromdir. Foydalanish harom etilgan, istifoda qilgan kishiga faqat zarar beradigan oʻsimliklarni ekish, parvarish qilish (u narsadan oʻzi foydalanmasa ham) halol boʻlmaydi. shariatda harom ishlarga odatlangan odam gunohkor boʻlish bilan birga hayotda xorlik, sharmandalik, qashshoqlik va tuzalmas ogʻir kasallikka giriftor boʻlishi taʼkidlanadi.

Keng maʼnoda — axloqshunoslikning tushunchalari boʻlib, jamiyat aʼzolari zimmasiga yuklatilgan axloqiy-huquqiy talablarning vij-donan bajarilishini yoxud shaxsiy yoki guruh manfaatlarini koʻzlab oshkora yo pinxona buzilishini anglatadi.