Kontent qismiga oʻtish

Abdulgʻofur Razzoq al-Buxoriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulgʻofur Razzoq al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1950-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi islomshunos, tasavvufshunos olim, xattot

Abdulgʻofur Razzoq al-Buxoriy (arabcha: عبد الغفور رزاق البخاري — (1950, Buxoro) — Islomshunos, tasavvufshunos olim, xattot.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Abdulg‘ofur Razzoq al-Buxoriy dastlab Buxoro Mir Arab madrasasini, so‘ng Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomidagi Islom institutini (1975-yil) tugatgan. Mir Arab madrasasida hadis, fiqh, tasavvuf fanlaridan saboq berib keladi. Shuningdek, u taniqli xattot, xalq tabobati va mumtoz Sharq adabiyoti bilimdonlaridandir.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Termiz va Qarshi shaharlaridagi ko‘plab tarixiy, islomiy-meʼmoriy obidalar, qabrtoshlarni taʼmirlash va arab (kufiy xati) yozuvlarni tiklashda qatnashgan.

Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Abdulkarim as-Sam’oniyning „Al-Ansāb“ („Nasabnoma“) asarini hammualliflikda o‘zbek tiliga tarjima qilgan[1].

  1. Buxoro: O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar. — T.: „UZBEKISTAN TODAY“, 2016. 1-qism.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.