Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Oripov haykali (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Oripov haykali — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental sanʼat yodgorligi. Obyekt davri: 2018-yil. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan. Obyekt manzili: „Mustaqillik“ MFY . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-may "Qarshi shahrida ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to'g'risida"gi 312-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining asosiy vazifasi : Yuksak ma'naviyatli, chuqur bilimli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, intelektual va ijodiy salohiyatli yoshlarni tarbiyalash va ta'lim berish

"